Laboratoriya ishi №2 Natriy volframati eritmasidan kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish


Download 26.46 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi26.46 Kb.
#1463789
  1   2   3
Bog'liq
6-7 lab-Natriy volframati eritmasidan kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish


Laboratoriya ishi №2


Natriy volframati eritmasidan kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish.


Ishninng maqsadi: Eritmalardan volfram tuzlarini cho‘kmaga tushirish va kristallash tajribalarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash.

  1. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy tushunchalar.

Natriy volframiti eritmalari tarkibida odatda kremniy, fosfor, mishyak, molibden, oltingugurt, ftor kabi moddalar va metallning sifatini pasaytiruvchi qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. Sof holdagi volfram birikmasini olish uchun esa bu qo‘shimchalardan tozalash talab etiladi.


Eritmani kremniydan tozalash. Bu usul eritmani muhiti rN=8-9 bo‘lganida neytrallash jarayonida kremniy kislotasini gidrolitik cho‘kmaga tushirishga asoslangan:

Na2SiO3 + 2H2O  H2SiO3 + 2NaOH (1)


Mishyak va fosfordan tozalash uchun eritma kam eruvchi ammoniy-magniy fosfat va arsenatli birikmalarni cho‘kmaga tushirishga asoslangan.


Na2HPO4 + MgCl2 + NH4OH = Mg(NH4)PO4 + 2NaCl + H2O (2)


Na2HAsO4 + MgCl2 + NH4OH = Mg(NH4)AsO4 + 2NaCl + H2O (3)
Molibdendan tozalash esa eritmalardan molibdenni uch sulfidmolibden ko‘rinishida cho‘kmaga tushirishga asoslangan. (Mazkur ishda molibdendan tozalashni o‘rganish ko‘zda tutilmaydi)
Natriy voframatini eritmalaridan bir yo‘la volfram kislotasini cho‘kmaga tushirish mumkin. yoki avval kalsiy volframati cho‘kmaga tushiriladi, so‘ngra xlorid kislota bilan ta’sir ettirib volfram kislotasini olish mumkin.
Volfram kislotasini bevosita cho‘kmaga tushirish bir qator qiyinchiliklarni to‘g‘diradi. (Masalan, dispers kolloid cho‘kmalarning hosiil bo‘lishi). Volframni kalsiy volframat holida cho‘kmaga tushirish jarayonida eritmada hosil bo‘ladigan (PO4-3, As, Si, Mo, Ca) ionlarni tozalash kerak bo‘ladi.
Kalsiy volframatniini cho‘kmaga tushirish quyidagi reaksiyaning borishiga asoslangan:

Na2WO4 + CaCl2 = CaWO4 + 2NaCl (4)


Kalsiy volframati bilan birga yomon erivchi kalsiy tuzlari:
CaCO3, Ca3(AsO4)2, CaMoO4 ham cho‘kmaga tushadi. Bu tuzlardan kalsiy volfrati ni tozalash bir necha bosqichda olib boriladi.




  1. Download 26.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling