Laboratoriya ishi №2 Natriy volframati eritmasidan kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish


Tajriba o‘tkazish uslubi va tajriba natijalarini qayta ishlash, hisoblash


Download 26.46 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi26.46 Kb.
#1463789
1   2   3
Bog'liq
6-7 lab-Natriy volframati eritmasidan kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish

Tajriba o‘tkazish uslubi va tajriba natijalarini qayta ishlash, hisoblash.

  1. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi.

Tajriba mexanik yoki magnitli aralashtirgich, shisha stakan va eritmani titrlash uchun byuretkadan iborat urilmalarda olib boriladi.



    1. Tajriba o‘tkazish uchun materiallar, asboblar va idishlar:

  • natriy volframati eritmasi,

  • fenolftalein,

  • xlorid kislotasining 1N li eritmasi,

  • kalsiy xloridning 20% li eritmasi,

  • Rux metali,

  • Elektr plita,

  • Qurutuvchi pech,

  • Stakan,

  • Taroz.




    1. Ishni bajarish tartibi.

Avvalgi tajribadan olib qo‘yilgan natriy volframati eritmasining hajmiga qarab 250-500 ml li termik bardoshli stakanga solinadi.

  1. Kremniydan tozalash:

Neytralizatsiyadan so‘ng eritmani 20-30 minut davomida qaynatiladi. So‘ngra tindirishga qo‘yiladi va vakuum filtrda filtrlanadi.

  1. Kalsiy volframatini cho‘kmaga tushirish.

Bu jarayon aralashtirgichli shisha stakanda o‘tkaziladi. Qizdirilgan natriy volframati eritmasiga 20% CaCl2 eritmasidan quyiladi. Qo‘shilayotgan CaCl2 ning miqdori esa nazariy reaksiya sarfidan 15% ortiqcha olinadi. To‘liq cho‘kmaga tushishi volfram ko‘ki hosil qiluvchi sifat reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Volfram ko‘ki sifat reaksiyasi esa quyidagicha o‘tkaziladi: probirkaga olingan eritmadan ozgina namunaga bir oz miqdorda konsentrlangan HCl va Zn metali solinadi. Bunda vodorod ajralib chiqib eritmadagi VI valentli volframni qaytaradi va volframning V valentli birikmalariga xos bo‘lgan to‘q havorangga aylantiradi. CHo‘kmani ikki marta dekantatsiya yo‘li yordamida issiq suv bilan yuviladi va filtrlanadi. So‘ngra cho‘kmani quritish pechida 120 S haroratda quritiladi va tarozida tortib olinadi. Tortib og‘irligi aniqlangan kalsiy volframat keyingi tajriba ishlarida foydalanish uchun biror aniq joyga olib qo‘yiladi.




  1. Download 26.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling