Laboratoriya ishi №2 Paket Tracer dastur interfeysini o‘rganish. Ishning maqsadi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu kurs Cisco tarmoqli akademiyasida taqdim etilgan. Cisco tarmoqli akademiyasi
- Cisco Packet Tracer (CPT) ga kirish
Laboratoriya ishi №2 Paket Tracer dastur interfeysini o‘rganish. Ishning maqsadi: Paket Tracer dasturi oynasi, menyular satri, asboblar paneli, qurilmalar paneli, uzatish muxiti, sumulyatsiya vositasi, Grafik menyu paneli bilan tanishish. Cisco nima? Cisco dunyodagi taniqli va tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Ushbu amerika kompaniyasi tarmoq qurilmalarini to'liq taqdim etishga harakat qiladi va shu tariqa mijozga barcha kerakli tarmoq qurilmalarni faqatgina Cisco Systems'dan sotib olish imkoniyatini beradi. Ushbu kurs Cisco tarmoqli akademiyasida taqdim etilgan. Cisco tarmoqli akademiyasi– kompyuter tarmoqlarini loyihalash, yaratish, xavfsizligini o'rganishga mo’ljallangan halqaro ta’lim dasturidir. Akademiyada Cisco sertifikatini olish uchun imtixonlar olinadi. Barcha Cisco sertifikatlari uchta darajaga bo'lingan: Mutaxasis: CCENT, CCNA, CCDA sertifikatlar Profissional: CCNP, CCDP sertifikatlar Ekspert: CCIE sertifikatlar Yangi foydalanuvchilar o’rganishni CCNA Cisco Certified Network Associate dan boshlaydilar. CCNA sertifikati Cisco tarmoq qurilmalarini o'rnatish, sozlash, boshqarish va muammolarini bartaraf etish bo’yicha qobiliyatingizni baholaydi. Ushbu kursda biz CCNA-ga kiritilgan qator mavzularni ko’rib chiqamiz: IP, RIP v2, OSPF va VLAN-larni, Ethernet, erkin foydalanishni boshqarish ro'yxatlarini (ACL). Serverlarni sozlash, statik va dinamik marshrutizatsiya, NAT / PAT manzili transferlarini sozlash va boshqa qator masalalarga ham to'xtalamiz. Cisco Packet Tracer (CPT) ga kirish Cisco Packet Tracer-Cisco tomonidan yaratilgan tarmoq emulyatoridir. Ushbu dasturda siz turli xil protokollarni qo'llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy topologiyalarda turli qurilmalardan foydalanib tarmoqlarni qurish va tahlil qilish imkonini beradi. Unda siz turli xil tarmoq qurilmalarining ishini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz: Misol uchun marshrutizatorlar, kommutatorlar, simsiz ulanish qurilmalari, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq printerlari va boshqalar. Ushbu dastur o'z raqobatchilari orasida eng sodda va samaralisi hisoblanadi. Misol uchun, Cisco Packet Tracer-da yangi tarmoq loyihasini yaratish, boshqa dasturlarga qaraganda ancha kam vaqt talab etadi –misol sifatida GNS3 dasturi. Packet Tracerni o'rnatish va sozlash osonroq. Qo’llanmada siz Cisco Packet Tracer 6.1.1 versiyasini o'rganishingiz mumkin. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco kompaniyasi qurilmalarini o'rganish uchun kerak bo’ladigan bo’lim hisoblanadi (1- rasm). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling