Laboratoriya ishi №2 Paket Tracer dastur interfeysini o‘rganish. Ishning maqsadi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1526666
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi №2



Laboratoriya ishi №2 
Paket Tracer dastur interfeysini o‘rganish. 
 
Ishning maqsadi: Paket Tracer dasturi oynasi, menyular satri, asboblar paneli
qurilmalar paneli, uzatish muxiti, sumulyatsiya vositasi, Grafik menyu paneli bilan 
tanishish. 
 
Cisco nima? 
Cisco dunyodagi taniqli va tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya 
hisoblanadi. Ushbu amerika kompaniyasi tarmoq qurilmalarini to'liq taqdim 
etishga harakat qiladi va shu tariqa mijozga barcha kerakli tarmoq qurilmalarni 
faqatgina Cisco Systems'dan sotib olish imkoniyatini beradi. 
Ushbu kurs Cisco tarmoqli akademiyasida taqdim etilgan. 
Cisco tarmoqli akademiyasi– kompyuter tarmoqlarini loyihalash, yaratish, 
xavfsizligini o'rganishga mo’ljallangan halqaro ta’lim dasturidir. 
Akademiyada Cisco sertifikatini olish uchun imtixonlar olinadi. Barcha Cisco 
sertifikatlari uchta darajaga bo'lingan: 

Mutaxasis:
CCENT, CCNA, CCDA sertifikatlar 

Profissional:
CCNP, CCDP sertifikatlar 

Ekspert:
CCIE sertifikatlar 
Yangi foydalanuvchilar o’rganishni CCNA Cisco Certified Network Associate dan 
boshlaydilar. 
CCNA sertifikati Cisco tarmoq qurilmalarini o'rnatish, sozlash, boshqarish va 
muammolarini bartaraf etish bo’yicha qobiliyatingizni baholaydi. Ushbu kursda biz 
CCNA-ga kiritilgan qator mavzularni ko’rib chiqamiz: IP, RIP v2, OSPF va 
VLAN-larni, Ethernet, erkin foydalanishni boshqarish ro'yxatlarini (ACL). 
Serverlarni sozlash, statik va dinamik marshrutizatsiya, NAT / PAT manzili 
transferlarini sozlash va boshqa qator masalalarga ham to'xtalamiz.
Cisco Packet Tracer (CPT) ga kirish 
Cisco Packet Tracer-Cisco tomonidan yaratilgan tarmoq emulyatoridir. 
Ushbu dasturda siz turli xil protokollarni qo'llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy 
topologiyalarda turli qurilmalardan foydalanib tarmoqlarni qurish va tahlil qilish 
imkonini beradi. Unda siz turli xil tarmoq qurilmalarining ishini o'rganish 
imkoniyatiga ega bo'lasiz: Misol uchun marshrutizatorlar, kommutatorlar, simsiz 
ulanish qurilmalari, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq printerlari va boshqalar. 


Ushbu dastur o'z raqobatchilari orasida eng sodda va samaralisi hisoblanadi. Misol 
uchun, Cisco Packet Tracer-da yangi tarmoq loyihasini yaratish, boshqa 
dasturlarga qaraganda ancha kam vaqt talab etadi –misol sifatida GNS3 dasturi. 
Packet Tracerni o'rnatish va sozlash osonroq. Qo’llanmada siz Cisco Packet Tracer 
6.1.1 versiyasini o'rganishingiz mumkin. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco 
kompaniyasi qurilmalarini o'rganish uchun kerak bo’ladigan bo’lim hisoblanadi (1-
rasm). 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling