Lаbоrаtоriya ishi №2


Download 108.68 Kb.
bet1/6
Sana11.03.2023
Hajmi108.68 Kb.
#1260001
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-LАBОRАTОRIYA ISHI


LАBОRАTОRIYA ISHI 2
Mavzu: Termokimyoviy jarayonlar. Neytralanish reaksiyasi va erish jarayonidagi vujudga kelgan issiqlik effektlarini aniqlash. Kimyoviy kinetika va muvozanat. Eritmalar tayyorlash va ularning konsentratsiyasini aniqlash.


Termokimyoviy jarayonlar. Neytralanish reaksiyasi va erish jarayonidagi vujudga kelgan issiqlik effektlarini aniqlash
Ishning maqsadi: Termokimening asosiy qonunlarini reaktsiyalarini entalpiya o’zgarishini hisoblash usullarini o’zlaщtirish, tuzning erish issiqligini tajriba yo’li bilan aniqlashdan iborat.
Reaktivlar: N2O-distillangan suv, kaliy nitrat tuzi KNO3(oq kristall modda), ammoniy xlorid tuzi-NH4Cl(oq kristall modda),natriy karbonat tuzi(oq kristall modda)Na2CO3, bariy xlorid tuzi BaCl2(oq kristall modda), mis sulьfat tuzi CuSO4(xavo rang kristall modda).
Asbob uskunalar: Ikki hil hajmli stakanlar, qopqoq, suyuqlikni haroratini o’lchovchi termometr, shisha varonka, shisha tayoqcha, texnik kimyoviy tarozi.
Tajriba-1. Tuzning erish issiqligini aniqlash.
Bu tajriba rasm-1 da tasvirlangandek soddalashtirilgan kalorimetrda bajariladi.

1-rasm. Soddalashtirilgan kalorimetr.1-tashqi stakan; 2- ichki stakan; 3- qopqoq;4-termometr; 5-aralashtirgich; 6- voronka.
Kalorimetrning ichki stakaniga 50 ml suv quying va uni termometr va aralashtirgich o’rnatilgan qopqoq bilan berkiting. Aralashtirgich bilan suvni aralashtiring xamda suvning xaroratini yozib oling va uni t1 bilan belgilang. O’qituvchining ko’rsatmasi bilan kukun xoligacha maydalangan tuzdan 0,04 molь texnik kimeviy tarozida tortib oling va uni kalorimetrning ichki stakandagi voronka yordamida suvga soling. Tuzni aralashtirgich orqali aralashtirib eriting. Tuz suvda to’liq erigach, eritmaning termometr ko’rsatgan xaroratini yozib oling va uni t2 bilan belgilang.
Tajriba natijalarini xisobot jadvaliga yozing va tuzning erish issiqligini xisoblang. Tuzning erish issiqligining nazariy qiymatini jadvalda berilgan.

Download 108.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling