Lаbоrаtоriya ishi №2


-tajriba.Temperatura o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri


Download 108.68 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2023
Hajmi108.68 Kb.
#1260001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-LАBОRАTОRIYA ISHI

2-tajriba.Temperatura o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri
Kraxmalga iod ta’sir ettirilganda ko’k rangli murakkab tarkibli barqaror modda hosil bo’ladi. Bu ekzotermik (issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladigan) reaksiyadir. Sistemaning muvozanatini shartli ravishda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin.
Kraxmal+ iod= rangli modda+ Q
Ikkita probirkaning har biriga 2-3 ml dan kraxmal eritmasidan oslib, ustiga 2-3 ml dan iodli suv qo’shing. Ko’k rangning paydo bo’lishiga ahamiyat bering. Probirkalardan birini qizdiring. Qizdirilganda eritma rangini o’zgarishini (yoki butunlay yo’qolishini) Le- Shatelye prinsipi asosida tushuntirib bering.
Eritmalar tayyorlash va ularning konsentratsiyasini aniqlash.
Nazariy qism: Odatda, ma’lum zichlikka ega bo‘lgan eritmaga aniq konsentratsiya mos keladi. Eritmalarning zichligini aniq o‘lchash uchun piknometrdan foydalaniladi. Piknometr kapilyar o‘tkazilgan jips berkiluvchi qopqoqli kichkina kolbadan yoki ingichka, bo‘g‘ziga suyuqlik sathini ko‘rsatuvchi belgi qo‘yilgan kichkina shisha idishdan iborat. Piknometrning hajmi ma’lum bo‘lsa va undagi suyuqlikning massasi o‘lchansa, suyuqlikning zichligini aniqlash qiyin emas. Eritmalar zichligini o‘lchash uchun piknometrni tortishdan oldin uni ma’lum haroratli termostatga qo‘yiladi va hisoblanayotganida suv zichligining har xil haroratdagi o‘zgarishiga tuzatishlar kiritiladi.
Eritma zichligi tez, ammo taqriban, areometrlar bilan o‘lchanishi mumkin. Areometrlar shkalalarga bo‘lingan ingichka nayli ichiga mayda sharsimon metall qotishmalar to‘ldirilgan, yumaloq suzgichi bor shisha asbobdir. Areometr suyuqliklarning zichligiga qarab har xil chuqur-likka botadi. Bunda areometr o‘zining og‘irligiga teng og‘irlikdagi suyuqlikni siqib chiqaradi. Areometr qaysi chizig‘igacha suyuqlikka botib tursa, shu chiziq suyuqlikning zichligini ko‘rsa-tadi (2- rasm).
Zichlikning qanday aniqlik bilan o‘lchanishiga qarab, katta shkalali bitta yoki mayda bo‘laklarga bo‘lingan shkalali bir nechta areometrlar to‘plami ishlatiladi. Maxsus jadvaldan foydalanib, eritmaning zichligiga erigan moddaning qanday massa ulushi mos kelishini topish mumkin. Jadvalda areometr shkalasida topilgan son bo‘lmasdan, unga yaqinroq son bo‘lsa, u holda erigan moddaning massa ulushi interpolyatsiya usuli bilan hisoblab chiqiladi.








Download 108.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling