Laboratoriya ishi №3 rezistiv kuchlanish bo'lgichini tadqiq qilish
Download 278.59 Kb.
|
3-tajriba(EvS)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblash qismi
- Tajriba qismi
- Nazorat savollari
Laboratoriya ishi №3 REZISTIV KUCHLANISH BO'LGICHINI TADQIQ QILISH Radio texnik apparaturalarda kuchlanish bo'lgichlari deb ataladigan rezistor larning ketma-ket ulanishi keng qo'llaniladi. Ketma-ket ulangan rezistorlar zanjiriga ega bo'lganda har xil kuchlanishlarni olish mumkin. 1-rasm. Ketma-ket ulangan rezistorlarda kuchlanish bo'lgichi 1-rasmda tasvirlangan sxema uchun zanjirdagi tok; Rezistorlarga kuchlanishining tushuvi; UR1=I*R1 UR2=I*R2 UR3=I*R3 D nuqtaga nisbatan zanjirning har xil nuqtalaridagi kuchlanish: UCD = UR3 UBD = UR3 + UR2 UAD = UR3 + UR2 + UR3 Shunday qilib ta'minlash manbai U kuchlanishi kattaligini va rezistorlarning qarshiliklari qiymatlarini tanlab zanjirning berilgan nuqtasi uchun boshqa nuqtasiga nisbatan (0 dan U gacha) kuchlanishning istalgan qiymatini olish mumkin. Real holatda rezistiv bo'lgich yordamida olingan kuchlanish birorta iste'molchini oziqlantirishi mumkin. Hisoblashlarda yuklama qashiligi kuchlanish bo'lgichi ekanligini e'tiborga olish kerak (2-rasm). 2-rasm. Yuklama qarshiligini e'tiborga olganda kuchlanish bo'lgichi Rezistorli kuchlanish bo'lgichi xossalarini baholash uchun quyidagi parametrlardan foydalaniladi: kuchlanish bo'yicha uzatish koeffisienti; Quvvat bo'yicha uzatish koeffisienti; so'nish detsibellarda; Hisoblash qismi Kuchlanish ta'minoti manbai va rezistorlar qarshiliklarining berilgan qiymat- lari bo'yicha rezistivli kuchlanish bo'lgichining chiqishidagi kuchlanishni, kuchlanish bo'yicha uzatish koeffisienti, quvvat bo'yicha uzatish koeffisienti va dB larda ifodalangan so'nish koeffisientlarini hisoblang. Olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting. Kuchlanish bo'lgichining parametrlari 1-jadval
Tajriba qismi Tajriba qismida quyidagilar bajarilishi zarur: Rezistor qarshiliklarining har xil qiymatlarida rezistiv kuchlanish bo'lgichining chiqishidagi kuchlanishni o'lchang; Tajribadagi va hisoblashlardagi natijalarni taqqoslang va olib borilgan hisoblashlar to'g'riligiga ishonch hosil qiling. O'lchashlarni o'tkazish sxemasi 3-rasmda tasvirlangan. 3-rasm. O'lchashlarni o'tkazish sxemasi Ta'minlash manbaining kuchlanishini o'lchash PV1 voltmetri orqali bajariladi. Тok I ni o'lchash shuntlovchi rezistor Rsh= 10 Om ga tushayotgan kuchlanish tushuvini PV2 voltmetr yordamida o'lchash bilan amalga oshiriladi. Ry rezistordagi kuchlanishni o'lchash PV3 orqali o'tkaziladi. R1 rezistor 500 Om va RSh=10Оm larni ketma-ket ulash orqali olingan. Ulashlarni 4-rasmga muvofiq bajaring. 4-rasm. Ry= 2000 Om bo'lgandagi ulash sxemasi PV1 voltmetrning o'lchash chegarasini 20 V, PV2 voltmetrni 200 mV ga PV3 volotmetrni esa 20 V ga teng qilib o'rnating. Voltmetrlarning ish rejimini o'zgartirish tumblerini o'zgarmas kuchlanishni o'lchash holatiga o'tkazing. E2 manba chiqish kuchlanishi rostlagichini soat miliga qarshi oxirigacha burang. Yig'ilgan sxemani o'qituvchiga ko'rsating. Yig'ilgan sxemani o'qituvchi tekshirgandan so’ng qurilmani kuchlanish tarmog'iga ulang. E2 manbani ulang. E2 manba kuchlanishini 10 V qilib o'rnating. PV2 va PV3 voltmetrlarning ko'rsatishlarini 2-jadvalga kiriting. Xuddi shu tarzda Ry ning boshqa qiymatlari uchun ham o'lchashlarni o'tkazing. Olingan ma'lumotlarni 2-jadvalga kiriting. Kuchlanish bo'lgichining tajriba natijalari bo'yicha parametrlari. 2-jadval
Tajriba natijalarini oldingi hisoblash natijalari bilan taqqoslang. Zaruriy xulosalar chiqaring. Nazorat savollari Qanday zanjirlar rezistivli deyiladi? Elementlarning qaqnday ulanishi parallel ulanish deyiladi? Ikkita parallel ulangan rezistorning umumiy qaqrshiligini qanday hisoblash mumkin? Elementlarning qanday ulanishi ketma-ket ulanish deyiladi? Ikkita ketma-ket ulangan rezistorlarning umumiy qarshiligini qanday hisoblash mumkin? Kuchlanish bo'lgichi tamoyilining mohiyati nimada? Ketma-ket ulangan rezistorlarda kuchlanish qanday hisoblanadi? Kuchlanish bo'yicha uzatish funksiyasi deb nimaga aytiladi? Quvvat bo'yicha uzatish funksiyasi qanday aniqlanadi? Zanjirning so'nishi dB larda qanday aniqlanadi? Download 278.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling