Laboratoriya ishi №4. Chaqiq tosh, shagʻaldan asos va qoplamalar qurishda sifat nazorati


Chaqiq tosh (shag‘al) ning g‘ovakligini aniqlash


Download 35.61 Kb.
bet3/3
Sana02.11.2023
Hajmi35.61 Kb.
#1740326
1   2   3
Bog'liq
4-tajriba.Metrologiya

2. Chaqiq tosh (shag‘al) ning g‘ovakligini aniqlash
Materialning g‘ovakligi uning hajmini bo‘shliklar, g‘ovakliklar bilan to‘ldirib turish darajasi bilan xarakterlanadi.
Chaqiq tosh (shag‘al)ning g‘ovakligi aniqlangan o‘rtacha va to‘kma zichliklari bo‘yicha hisoblab topiladi.
Chaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining g‘ovakligi Vғов hajm bo‘yicha quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda: ср -chaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining o‘rtacha zichligi, g/sm3;
 -chaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining haqiqiy zichligi, g/sm3..
3. Chaqiq tosh (shag‘al) ning suv shimuvchanligini aniqlash
Chaqiq tosh (shag‘al) ning suvshimuvchanligi uning suvga to‘yintirilgandan keyingi massasi bilan quritilgandan keyingi massasini solishtirish orqali aniqlanadi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: raqamli stol tarozisi, quritish javoni, namunani suvda saqlash uchun idish, metall shetka.


Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi
1. Chaqiq toshning suv shimuvchanligini aniqlash uchun sinalayotgan namuna donalarining yiriklik darajasiga qarab, sinov uchun zarur miqdorda namuna tanlab olinadi. Tanlab olingan namuna tozalanib quritiladi. Shundan so‘ng namuna harorati uy haroratidan farq qilmaydigan suvda 48 soat ivitib qo‘yiladi. Shu muddat o‘tgandan keyin namuna suvdan olinib, yumshoq ho‘l latta bilan artiladi va darhol tarozida tortiladi.
2. Suvshimuvchanlikquyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
Bu yеrdа: т — namunaning quruq holatdagi massasi, g;
m1— namunaning suvga to‘yintirilgan holatdagi massasi.
Chaqiq tosh (shag‘al) ning to‘kma zichligi sifatida ikki marta o‘tkazilgan parellel sinovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi.
Download 35.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling