Laboratoriya ishi №4 Ishlab chiqarishda ro‘y beradigan shovqin miqdorini aniqlash Ishning maqsadi


Download 90.22 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi90.22 Kb.
#1478290
  1   2
Bog'liq
4-Laboratoriya ishi


Laboratoriya ishi №4
Ishlab chiqarishda ro‘y beradigan shovqin miqdorini aniqlash


Ishning maqsadi: SanQvaN №0267-09 “Turar-joy hududlari, jamoat binolari va uy-joy binolarida shovqinning ruhsat etilgan sanitariya me’yorlari va qoidalari” bo‘yicha ishlab chiqarishda ro‘y beradigan shovqin miqdorini o‘lchash, natijalariga ishlov berish va uni me’yor bilan solishtirgan holda xulosa tayyorlash.
Bajarish uchun topshiriqlar:

  1. Shumomer UT353 bilan tanishish va uni ishchi holatga keltirish;

  2. Ishlab chiqarida ro‘y beradigan shovqinni o‘lchash;

  3. O‘lchangan natijalarga ishlov berish;

  4. SanQvaN №0267-09da keltirilgan me’yor bilan taqqoslash;

  5. Umumiy xulosa berish.



Umumiy ma’lumotlar
Zamonaviy texnik taraqqiyot davrida inson salomatligi uchun o‘ta havfli bo‘lgan shovqindan himoyalanish muammolari dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Shovqin odamning eshitish a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni qisman yoki bo‘tunlay eshitish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Asab tizimi markazi hisoblanmish miya va yurak-qon tomirlari hamda, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini bo‘zilishiga, va natijada surunkali asab (nevrit) kasalligini paydo bo‘lishiga olib keladi. Shovqinning sanitariya me’yoridan oshib ketishi, asabni tez toliqishiga zamin tayyorlaydi va organizmda modda almashinish faoliyatini bo‘zilishiga, ish unumdorligini pasayishiga, brakni ko‘payishiga hamda baxtsizlik xodisalarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari yuqori darajadagi shovqin ba’zi ishlarni bajarishda mehnat samaradorligining pasayishiga olib keladi. Shu munosabat bilan shovqin darajasini kamaytirish, insonni shovqindan himoya qilish–juda muhim vazifa hisoblanadi.
Shovqin har xil o‘zunlikdagi to‘lqin va amplitudalarning yig‘indi tebranishlaridan iborat bo‘lib, uning sanitariya me’yorlaridan oshib ketishi, odam organizmiga salbiy ta’sir etishiga sabab bo‘ladi. qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan tovush to‘lqinlarini hosil qilib titraydigan, tebranadigan jismlar shovqin manba’lari bo‘lishi mumkin, inson ularni tovush to‘lqinlari sifatida qabul qiladi. Shunday tebranishlarning fizik qiymatini o‘rtacha kvadratik ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular tovush amplitudasi A va tebranish davriyligi f (bir sekunddagi tebranish soni), Gs bilan ifodalanadi. Insonning eshitish a’zolari 16 da 20000 Gs oralig‘dagi tovush to‘lqinlari davriyligini qabul qilish imkoniyatiga ega. Tovushning 16 Gs dan past chegarasini infratovush va 20000 Gs dan yuqorisini ultra tovush to‘lqinlari deb yurtiladi va bizning eshitish a’zolarimiz ularni qobul qilish imkoniyatiga ega emas. Odam organizmini eshitish qobiliyati 1000 Gs dan 3000 Gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini juda yaxshi qabul qiladi.
1. Shumomer UT353 bilan tanishish va uni ishchi holatga keltirish;

3.1.-rasm. Shumomer UT353 umumiy tuzilish. 1-shamoldan himoyalovchi ekran, 2-mikrafon, 3-qurilma korpusi, 4-displey, 5-boshqaruv tugmalari.

3.2.-rasm. Shumomer UT353 displeyida aks etadigan ma’lumotlar.
1-eng yuqori ko‘rsatkich, 2-eng past ko‘rsatkich, 3-ko‘rsatkichni to‘xtatish, 4-batareya ko‘rsatkichi, 5-A filtr, 6-S filtr, 7-vaqt birligida ko‘rsatkichni sekin olish, 8- vaqt birligida ko‘rsatkichni tez olish, 9-ko‘rsatkich.
Qurilmani ishlatishda atrof-muhitga bo‘lgan talab:

  • Ishlash sharoiti dengiz sathidan 2000 m gacha;

  • Ifloslanish darajasi 2;

  • Ishchi harorat va namlik: 0-30 °S bo‘lganda 80 % gacha, 40-50 °S bo‘lganda 45 % gacha;

  • Saqlash haroarti va namligi -20- +60 °S, 80 % gacha;

  • O‘lchash aniqligi ±1,5 dBA;

  • Nazoratsiz ishlash davomiyligi 5 minut.

Qurilmani ishchi holatga keltirish uchun unga batareyalari o‘rnatiladi, barcha tugmalar ishlashi tekshirildai. Uni ishlatishda atrof-muhitga bo‘lgan talablarga mos kelishi va nazoratsiz qoldirilganda 5 minutdan so‘ng avtomatik o‘chishi nazorat qilingandan so‘ng ishchi holatga keltirilgan bo‘ladi.
2. Ishlab chiqarida ro‘y beradigan shovqinni o‘lchash;
Shovqinni o‘lchash ish joyi ma’lum xona ichida bo‘lsa derazadan 1,5 m masofada, ochiq sharoitda bo‘lsa manbadan 7,5 metr masofada 1,5±0,1 m balandlikda joylashtiriladi. Qurilma ishga tushirilgach uning displeyidagi sanoqlar yozib olinadi.


3. O‘lchangan natijalarga ishlov berish;
Shovqin tez o‘zgaruvchan qiymat bo‘lganligi uchun olingan sanoqlar “Noaniqliq metodi” orqali quyidagicha ishlov beriladi.
Olingan sanoqlarning o‘rtacha qiymati aniqlanadi:
[3.1]
O‘rtacha qiymatdan og‘ish aniqlanadi:
[3.2]
Qurilmaning xaqiqiy qiymatdan og‘ishi:
[3.3]

Standart og‘ishlar yig‘indisi:


[3.4]
Olingan sanoqlarning ishonchli ehtimolligi quyidagicha aniqlanadi:
[3.5]
Ishonchlilik ehtimolligi (qamrash ehtimoli) uchun R = 0.95 (noaniqlik hisobi bo‘yicha tavsiya etiladi), biz k=2 bo‘lganda o‘lchov noaniqligini hisoblaymiz.
So‘ngida U(E) ga o‘rtacha qiymat qo‘shiladi.


4. SanQvaN №0267-09da keltirilgan me’yor bilan taqqoslash;
3.1-jadval




Download 90.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling