Laboratoriya ishi №4 Mavzu: Elеktrostatik maydonda pоtеntsialning taqsimlanishini o’rganish
Download 53.54 Kb.
|
fizika
Uslubning nazariyasiLaboratoriyada foydalaniladigan elеktrolitik vannalar qurilmasining prinsipial elеktr sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Yaxshi elеktr izolyatsiya xossasiga ega bo’lgan organik shishadan 25x50sm2 o’lchamda yasalgan, va o’qlar bo’yicha darajalangan vannaga A va B elеktrodlar joylashtiriladi, ular orasida tekshiriladigan maydon hosil qilinadi. Vanna elеktr o’tkazuvchanligi metalnikiga nisbatan kichik bo’lgan suyuqlik – elеktrolit bilan to’ldiriladi. Xususan bunday elеktrolit sifatida oddiy suv olinadi. A va B elеktrodlar vanna tubiga tayanib, vannaga qo’yilgan elеktrolit sathidan chiqib turadi. Elеktr zond sifatida metal simning o’tkir uchi xizmat qilib, u nol galvanometr, yoki ossillograf, yoki indikator (yashil ko’zli) radiolampa orqali P pоtеntsiallarga ulanadi. Agar elеktrodlarga o’zgarmas kuchlanish berilsa, elеktroliz sababli elеktrodlarda modda ajraladi va qutblanish elеktr yurituvchi kuch hosil bo’lib, u tekshirilayotgan maydon xarakterini o’zgartiradi. SHu sababli bu ishda o’zgarmas tok o’rnida past chastotali o’zgaruvchan tokdan foydalaniladi. Laboratoriya ishida zaryadlangan metal elеktrodlar orasida hosil bo’ladigan elеktr maydoni shunday maydonni modellashtirish yo’li bilan ya’ni, ekvivalent elеktr maydoni hosil qilib o’rganiladi. O’tkazuvchanligi yomon bo’lgan elеktrolitlarda Om qonuni bajarilganligi uchun shunday elеktrolitlarda hosil bo’lgan maydon o’rganiladi: formulada - tokning zichligi, - solishtirma o’tkazuvchanlikdir. Elеktrolitdagi tok chiziqlari maydon kuchlanganligi yo’nalishi bilan mos keladi, elеktrolitik vannada maydonning ekvipоtеntsial sirtlari modellashtirilgan ekvipоtеntsial sirtlar bilan mos tushadi. Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi shartlar bajarilishi shart: 1. Elеktrolit bir jinsli va katta qarshilikka ega bo’lishi kerak. Shu yo’l orqali maydonlarni o’xshashligi hosil qilinadi va kuch chiziqlarini va elеktrodlar sirtlarining tok chiziqlariga perpendikularligi hosil bo’ladi. 2. O’zgarmas tok o’rnida kichik chastotali o’zgaruvchan tokdan foydalanish ma’quldir. 3. Laboratoriya ishida ekvipоtеntsial sirtlar potentsiali o’lchanganligi uchun ishning elеktr sxemasi ko’prik (Uitston ko’prigi) sxemasini eslatadi va bunda reoxord voltmetrli potensiometrik reostat bilan almashtirilgan. Bu voltmetr reostatning suriluvchan kontakti bilan uning pоtеntsiali nolga teng bo’lgan elеktrolitik vannaga ulangan elеktrodlari orasidagi kuchlanishni o’lchaydi.
Download 53.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling