Laboratoriya ishi №4 Mavzu: Elеktrostatik maydonda pоtеntsialning taqsimlanishini o’rganish


Download 53.54 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi53.54 Kb.
#1624021
1   2   3
Bog'liq
fizika

Ishni bajarish tartibi


1. Elеktrolit turadigan idish (vanna)ning gorizontalligini tek­shi­rib ko’rib, unga suv quyiladi.
2. Millimetr shtrixlari chizilgan qog’ozga yoki katak daftarga masshtabni moslab elеktrodlar va koordinata o’qlari chiziladi.
3. Vanna tokka ulanib B elеktrodning pоtеntsiali yozib olinadi. Buning uchun reostatning suriluvchi kontaktini oxirigacha suriladi voltmetrning eng katta ko’rsatishi B elеktrodning pоtеntsiali bo’ladi. So’ngra reostatni suriluvchi kontakti orqali voltmetrni 5V dan kamaytirib ampermetr ko’rsatishlarini nolga aylanguncha surib boramiz.
4. Topilgan nuqtani tayyorlab qo’yilgan millimetrli qog’ozga tushiramiz va undan 1-2 sm narida ikkinchi va hokazo nuqtalarni qidiramiz. Nuqtalarni ko’paytirib va ularni birlashtirib, ekvipоtеntsial sirtlarni topamiz.
5. Ekvipоtеntsial sirt chizilgandan so’ng, grafikda kuch chiziqlari chiziladi. Bunda kuch chiziqlari elеktrodlar sirtiga va ekvipоtеntsial sirtlarga perpendikular bo’lishi e’tiborda bo’lishi kerak.
6. Ekvipоtеntsial sirtlar ketma-ket zich qilib olinsa, bu holda maydonning har qanday nuqtasida maydon kuchlanganligini topish mumkin. Buning uchun pоtеntsiallari va ikkita ketma-ket keluvchi ekvipоtеntsial sirtlar orasidagi masofa ni kichik bo’lganligi uchun bu maydonni bir jinsli deb hisoblansa, unda





Nazorat uchun savollar


1. Elеktrostatik maydonning kuchlanganligi va pоtеntsialini ta’riflang va tushuntiring.


2. Maydonlarning superpozitsiya prinsipini tushuntiring. Nuqtaviy zaryadning maydon kuchlanganligi va pоtеntsiali qanday topiladi?
3. Maydon kuchlanganligi va elеktr siljish vektori uchun Gauss teoremasi nimani ta’kidlaydi?
4. Kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi nimaga teng?
5. Qanday sirtlar ekvipоtеntsial sirtlar deyiladi va ular kuch chiziqlariga nisbatan qanday joylashgan bo’ladi?
6. Ushbu usulda nima uchun o’zgaruvchan tokdan foydalaniladi?





Adabiyotlar





1. I.V.Savelev. "Umumiy fizika kursi" 2 tom. "O’qituvchi". T.:1975 § 1-12, 31-33, 82
2.T.I.Trofimova. Kurs fiziki. M. Visshaya shkola 1985g. § 79,80,83
Download 53.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling