Laboratoriya ishi №5. Bajarish muddati: mavzu


Download 16.23 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.23 Kb.
#184734
Bog'liq
Fazliyeva M.lab5.M.T


LABORATORIYA ISHI №5.
Bajarish muddati:

MAVZU: Mustaqil ta’limni tashkil etish va o‘zlashtirish monitoringi texnologiyasi

Ishning maqsadi:

Mustaqil ta’limni tashkil etish va o‘zlashtirish monitoringi texnologiyasini o`rganish.



NAZARIY QISM:

Mustaqil  ishni  bajarishdan  asosiy  maqsad,  professor-o‘qituvchilarning 

bevosita  rahbarligi  va  nazorati  ostida  talaballarni  semestr  davomida  fanlarni 

uzluksiz  o`rganishini  tashkil  etish,  olingan  bilim,  ko`nikmalarini  chuqur  o`rganib mustahkamlash,  kelgusidagi  darslarga  tayyorgarlik  ko`rish,  aqliy  mehnat 

madaniyati,  yangi  bilimlarni  mustaqil  ravishda  izlab  topish  va  qabul  qilishni 

shakllantirishdan  iborat.  Mustaqil  ishga  mo‘ljallangan  mavzular  va  topshiriqlar

talabaning  mustaqil  ishini  tashkil  etish  bo‘yicha  kafedrada  ishlab  chiqilgan  va

muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan. 

Mustaqil ishlar referat, slayd, vaziyatli masalalar, test, internet ma’lumotlari 

ko‘rinishlarida bajariladi. 


Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etish tartibi:

1. Talabalar mustaqil ishi (TMI) bo‘yicha konsultatsiyalar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qildib borish maqsadida tashkil qilinadi.

2. TMI bo‘yicha konsultatsiya darsi fanning kalendar tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.

3. Konsultatsiya darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.

4. Fan o‘qituvchisi konsultatsiya darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

• TMI topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi;

• topshiriq bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;

• tegishli adabiyotlar va axborot manbalarini tavsiya etadi;

• TMI yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.

5. TMI bo‘yicha konsultatsiyalar o‘quv jarayonining 1 yoki 2 smenada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida dars jadvaliga kiritiladi.

6. TMI bo‘yicha konsultatsiya darslari o‘qituvchi jurnalida qayd etib boriladi.



Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
TOPSHIRIQLAR:

  1. Mustaqil ta’limni tashkil etishga misollar keltiring.

  2. Mustaqil ta’limni o`zlashtirish monitoringga misollar keltiring.

  3. Monitoringi texnologiyasi haqida ma`lumot bering.

TOPSHIRIQLARNI BAJARILISHI:

1-topshiriq bajarilishi

NAZORAT SAVOLLARI:

Bu erda laboratoriya ishi yuzasidan 10 tadan nazorat savoli tuzing


XULOSA

Bu erda laboratoriya ishi yuzasidan aniq xulosalaringizni yozing


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. S.G’aniyev va boshqalar “Axborot xavfsizligi” Toshkent 2015

  2. R. Tojiyev , Sh Sultonov, F.Polvonov “ParPI masofaviy ta’limni tashkil etish”

Download 16.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling