Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash


Trilon Bni to‘g‘rilovchi koeffitsient K ni miqdorini aniqlash


Download 17.48 Kb.
bet3/3
Sana24.01.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1117844
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi 7-8

Trilon Bni to‘g‘rilovchi koeffitsient K ni miqdorini aniqlash
Eritma magniy ionlarining 0,05n suvli eritmasi yoki magniy sulfatning standart titri (fiksanali)dan foydalaniladi (yoki rux xloridning 0,05n eritmasi), agar eritmaning konsentratsiyasi to‘g‘ri kelmasa, kerakli konsentratsiya suyultirib tayyorlanadi.
Koefitsientni to‘g‘rilash. Buning uchun 100 ml-li kolbaga 10 ml 0,05 rux xlorid yoki 10 ml 0,05 n magniy sulfat eritmasidan solib olinadi, keyin 100 ml-gacha distillangan suv bilan yetkaziladi. Ushbu eritmaga 5 ml bufer eritma solinib, 5-7 tomchi indikator tomizilib Trilon-B bilan qizg‘ish pushti rang ko‘k siyox rangga kirgunicha titrlanadi.
Quyidagi formula asosida Trilon B ning K-koeffsienti aniqlanadi.

K – Trilon B to‘g‘rilovchi koeffitsienti. K = 0,7 – 1,3; K = 1
V – Titirlash uchun ketgan Trilon B eritmasi, ml-da.
10 – Magniy ioni eritmasini miqdori, ml-da.
Tajriba qismi
50 ml o‘lchanadigan suv olinib ustiga 50 ml distillangan suv solinadi, keyin 5 ml bufer eritma qo‘shilib ustiga 5-7 tomchi indikator tomiziladi keyin Trilon B eritmasi bilan titrlanadi. Quyidagi formula asosida suvning X-umumiy qattiqligi aniqlanadi.

X – aniqlangan suvning umumiy qattiqligi, mg-ekv/dm3.


V Tr-B – Titrlash uchun sarflangan Trilon B xajmi, sm3.
V – tekshirilayotgan suvning miqdori, sm3.
K – Xisoblab topilgan Trilon B ning to‘g‘rilovchi koeffitsienti
0,05 – Triln B ning molyar konsentratsiyasi
1000 – konservatsiya qilinganligi konsentratsiyasi
Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling