Laboratoriya ishi №5 Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash


Download 17.48 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi17.48 Kb.
#1117844
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya ishi 7-8

Me2++H2Y2- + 2NH3 = MeY2-+NH4+
EDTANING TAXMINIY 0,05 N ERITMASINI TAYYORLASH VA RUXNING STANDART ERITMASI BILAN STANDARTLASH
EDTA ning kationlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalaridagi ekvivalent massasi molecular massasining yarmiga teng:
EDTA= M/2 =372,2:2=186,1 g/ekv
1,0 l 0,05 n eritma tayyorlash uchun 186,1×005=9305 g EDTA, 500 ml tayyorlash uchun esa, 9,305×500/1000=4,653 g EDTA olish kerak bo‘ladi. EDTA eritmasini tayyorlash usuli. EDTA ning hisoblangan tortimini texnik tarozida tortib olib, eritma saqlash kolbasiga solinadi, ustiga 500 ml distillangan suv quyiladi va to‘la eriguncha aralashtiriladi. Agar laboratoriyada EDTA ning yuqori konsentratsiyali eritmasi tayyor holda bo‘lsa, unda suyultirilib tayyorlash ham mumkin.
RUXNING BIRLAMCHI STANDART ERITMASINI RUX METALLIDAN TAYYORLASH
Ruxning kerakli tortimini hisoblash. Ruxning EDTA bilan reaksiyasidagi ekvivalent massasi mol massasining yarmiga, ya’ni 65,37:2=32,69 g/ekv ga teng. Demak, 250 ml 0,05 n rux eritmasini tayyorlash uchun rux metalidan 32,69x0,05:4 = 0,4086 g olish kerak bo‘ladi.
Eritmani tayyorlash usuli. “Kimyoviy toza” Rux metalli granulalaridan texnik tarozida 0,4-0,5 g oralig‘idagisini tanlab, so‘ngra analitik tarozida aniq tortib olinadi. Tortimni 250 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi, ustiga, 5–6 ml kons. HCl va 5 ml suv quyiladi. Ruxning hammasi erib bo‘lgach, kolbaning belgisigacha suv solib aralashtiriladi.
Rux eritmasining normalligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Ruxning birlamchi standart eritmasi yordamida EDTA eritmasini standartlash
Standartlash usuli. Titrlash kolbasiga ruxning standart eritmasidan alikvot qism olinadi, ustiga 20 ml pHi 11 bo‘lgan amiakli bufer aralash va ozroq 0,1%-li erioxrom qorasi indikatori qo‘shiladi (odatda 0,1%-li erixrom qorasi osh tuzi bilan aralashtirib tayyorlanadi). So‘ngra hosil bo‘lgan eritmani standartlanadigan EDTA eritmasi bilan qizil-vino rangidan ko‘k (havo) rangga kirguncha titrlanadi. Ekvivalent nuqta yaqin qolganda juda sekinlik bilan tomchilatib titrlash zarur.

Titrlash natijalari:

Absolyut xato:
0,0503 – 0,05 = 0,0003

Hisoblash natijalari:

Nisbiy xato:

EDTA eritmasining normalligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

0,0003———— x = 0,6 %
0,05 ————— 100

Kerakli o‘lchov vositalari, idishlarlar, reaktivlar:
Trilona B massa o‘lchami 2-suvli dinatriy tuzi etilendiamin-N,N,N',N'-tetrasirka kislotasi 99,5% dan kam bo‘lmagan yoki standart-titr (fiksanal) trilon B yoki trilon B (2-suvli etilendiamin-N,N,N',N'-tetrasirka kislota dinatriyli tuzi), ch.d.a.(taxlil uchun toza) yoki x.ch. (kimyoviy toza)
Trilon B standartning 0,05n eritmasi tayyorlash uchun 9,31 g Trilon B tuzi o‘lchab olinib, 1 litrgacha bo‘lgan o‘lchamli kolbaga solinadi va chizig‘mgacha distillangan suv solinadi. Agar eritma tiniq bo‘lmasa filtrlab olinadi.

  • Etil spirti.

  • Qora erioxrom yoki qora erioxrom ko‘ki.

  • Ammoniy xlorid, ch.d.a.

  • Ammiak (suvli 25%-li), x.ch.

  • Bufer eritma. Ushbu eritma uchun 500 ml-li o‘lchamli kolba olinadi. Eritmani tayyorlash uchun 10 g ammoniy xloristыy ozroq distillangan suvda eritilib, ustiga 50 ml ammiak (25% suvli eritmasi) qo‘shiladi va 500 ml-li o‘lchamli kolbaning distillangan suv bilan chiziqchasigacha yetkaziladi.


Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling