Лаборатория иши №5
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar
Download 119 Kb.
|
УКТ лаборатория-1 ва 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar:
Tagi yumaloq kol`ba, hajmi 0,5 l. Elektr plitkasi. Turbkali sovutkich. Ajratish voronkasi. Kontsentrlanagan sirka kislotasi. Kontsentrlangan sul`fat kislotasi. Butil spirti. Ishni bajarish tartibi: B util - sirka efirini olish uchun shar shaklidagi yumaloq tubli 250ml hajmli kolba (1) ga ehtiyotlik bilan vodoprovod jumragi ostida sovutib turgan holda 22 ml butil spirti va 10 ml kontsentrlangan sirka kislotasi solib aralashtiriladi. Hosil bo`lgan aralashmaga 5 ml kontsentrlangan sul`fat kislotasi ehtiyotlik bilan aralashtiriladi. Aralashma sovugach unga teskari (qarama-qarshi) havo sovutkichi (2) o`lanadi va elektr plitkasi ustiga o`rnatilib, 1 soat davomida qaynatiladi. Qaynatilayotganda kondensatsiyaga uchrayotgan bug` qatlami sovutkichning taxminan o`rtasida bo`lishini nazorat qilib turish lozim. 1-Rasm. Sirka kislotasidan efir olish qurilmasi Sintez jarayoni tugagach kolbani suv ostida sovutiladi va suv bilan ikki qatlam - suv va efir qatlami hosil bo`lguncha suyultiriladi. Ajratuvchi voronka yordamida mahsulot - efir ajratib olinadi va 10% li soda eritmasi bilan, reaktsiyaga kirishmay qolgan H2SO4 ni neytrallash uchun yuviladi. Sintez jarayoni tugagach kolbani suv ostida sovutiladi va suv bilan ikki qatlam - suv va efir qatlami hosil bo`lguncha suyultiriladi. Ajratuvchi voronka yordamida mahsulot - efir ajratib olinadi va 10% li soda eritmasi bilan, reaktsiyaga kirishmay qolgan H2SO4 ni neytrallash uchun, yuviladi. Yana efir qatlami ajratib olinadi va uni qoldiq suvlardan donador kal`tsiy xlor bilan qo`ritiladi.So`ngra efir fil`trlanib 123-1250C harorat atrofida haydaladi. Hosil bo`lgan toza efir kolba (4) yig`iladi. Tajriba natijasida mahsulotning chiqish miqdori aniqlanadi. Tajribalar dastlabki komponentlarning turli miqdorlarida bajariladi:
Mahsulotning chiqishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Gnaz - efirning nazariy hosil bo`lish miqdori (stexiometrik tenglama bo`yicha hisoblab topiladi). Dastlabki mahsulot og`irligi uning hajmi va zichligidan keltirib chiqariladi, zichlik densimetr yordamida aniqlanadi. Ga - amalda hosil bo`lgan efir miqdori. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling