Лаборатория иши №5


Download 119 Kb.
bet1/5
Sana11.03.2023
Hajmi119 Kb.
#1258754
  1   2   3   4   5
Bog'liq
УКТ лаборатория-1 ва 2


LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
Laboratoriya ishi №1
SIRKA KISLOTASINING ETERIFIKATSIYASI
Ishdan maqsad: Eterifikatsiya jarayoniga ta`sir qiluvchi omillar, reagentlar nisbati, katalizatorlar miqdori va suvni tortib oluvchi komponentlarni butil atsetat hosil bo`lishiga ta`sirini o`rganish.
Nazariy ma`lumotlar
Sirka kislotasi efirlari aviatsiya va avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan yuqori sifatli himoya plyonkalari hosil qiluvchi nitrotsellyuloza va boshqa laklar uchun yaxshi erituvchi sifatida keng ko`lamda ishlatiladi. Efirlar suvda erigan organik moddalarni ekstraktsiya qilishda, masalan yog`ochni quruq haydab pista ko`mir olishda hosil bo`ladigan smola osti suvlaridan sirka kislotasi olishda, qattiq yoqilg`ilarni gazifikatsiyalash va kokslash jarayonida hosil bo`lgan fenol suvlaridan fenollarni ajratib olishda qo`llaniladi.
Butil spirtining sirka kislotasi bilan reaktsiyasi qaytar jarayonlar qatoriga kiradi.
C4H9OH + CH3COOH ® CH3COOC4H9 + H2O.
Butil atsetatni eng ko`p miqdorda hosil qilish uchun jarayonga sirka kislotasining miqdorini keragidan ortiqroq darajada qo`shish yoki reaktsiya natijasida hosil bo`layotgan suvni haydab yuborish yoki kimyoviy bog`lash yo`li bilan yo`qotish zarur. Eterifikatsiya asta sekin boradigan jarayondir, ammo mineral kislotalar yoki organik sul`fokislotalar ishtirokida bir muncha tezlashadi. Chunki bu kislotalar reaktsiya jarayonida katalizator vazifasini bajaruvchi vodorod ionlarining kontsentratsiyalarini yuqori bo`lishini ta`minlaydi. Eterifikatsiya jarayonida qo`llaniladigan kontsentrlangan sul`fat kislotasi, o`zining katalitik ta`siridan tashqari, suvni bog`lovchi agent rolini ham bajaradi. Bu reaktsiya suyuq holatda almashadigan gomogen- katalitik reaktsiyaga yorqin misol bo`la oladi. Reaktsiya bosqichma-bosqich boradi:
C4H9OH + HOSO2OH ® C4H9OSO2OH +H2O
C4H9OSO2OH + CH3COOH ® H3OCOC4H9 + H2SO4
Qo`shimcha quyidagi reaktsiya ham boradi.
C4H9OSO2OH + C4H9OH ® C4H9OC4H9 + H2SO4

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling