Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Sirka kislotasining eterifikatsiyasi Ishdan maqsad
Download 321.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqLaboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Sirka kislotasining eterifikatsiyasi Ishdan maqsad: Atsetilenni suyuk fazada gidratatsiya jarayonining va atsetaldegidni sirka kislotasigacha oksidlashning modellashtirish jarayonini va eterifikatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar, reagentlar nisbati, katalizatorlar miqdori va suvni tortib oluvchi komponentlarni butil atsetat hosil bo’lishiga ta’sirini o’rganish Nazariy ma’lumotlar Sirka kislotasi efirlari aviatsiya va avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan yuqori sifatli himoya plyonkalari hosil qiluvchi nitrotsellyuloza va boshqa laklar uchun Yaxshi erituvchi sifatida keng ko’lamda ishlatiladi. Efirlar suvda erigan organik moddalarni ekstraksiya qilishda, masalan yog’ochni quruq haydab pista ko’mir olishda hosil bo’ladigan smola osti suvlaridan sirka kislotasi olishda, qattiq Yoqilg’ilarni gazifikatsiyalash va kokslash jarayonida hosil bo’lgan fenol suvlaridan fenollarni ajratib olishda qo’llaniladi. Butil spirtining sirka kislotasi bilan reaksiyasi qaytar jarayonlar qatoriga kiradi. C 4 N 9 ON + SN 3 SOON SN 3 SOOS 4 N 9 + N 2 O. Butil atsetatni eng ko’p miqdorda hosil qilish uchun jarayonga sirka kislotasining miqdorini keragidan ortiqroq darajada qo’shish yoki reaksiya natijasida hosil bo’layotgan suvni haydab yuborish yoki Kimyoviy bog’lash yo’li bilan yo’qotish zarur. Eterifikatsiya asta sekin boradigan jarayondir, ammo mineral kislotalar yoki organik sulfokislotalar ishtirokida bir muncha tezlashadi. CHunki bu kislotalar reaksiya jarayonida katalizator vazifasini bajaruvchi vodorod ionlarining konsentratsiyalarini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Eterifikatsiya jarayonida qo’llaniladigan konsentrlangan sulfat kislotasi, o’zining katalitik ta’siridan tashqari, suvni bog’lovchi agent rolini ham bajaradi. Bu reaksiya suyuq holatda almashadigan gomogen- katalitik reaksiyaga yorqin misol bo’la oladi. Reaksiya bosqichma- bosqich boradi: S 4 N 9 ON + NOSO 2 ON S 4 N 9 OSO 2 OH +H 2 O S 4 N 9 OSO 2 ON + SN 3 SOON N 3 OSOS 4 N 9 + N 2 SO 4 Qo’shimcha quyidagi reaksiya ham boradi. S 4 N 9 OSO 2 ON + S 4 N 9 ON S 4 N 9 OS 4 N 9 + N 2 SO 4 Tajriba o’tkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar 1. Tagi yumaloq Vyursa kolba, hajmi 0,5 l.(1) 2. Tomchilash voronkasi (2) 3. YUvish sklyankasi (3,9) 4. 3 ogizli kolba(4) 5.Elektr plitkasi (5) 6.Kontakt termometrii (6) 7.Turubkali sovutkich (7) 8.Gazometra (8) 9. Troynika (10) 10. Kisgich ( zajim) (11) 11.Okisidlash sklyankasi (12) Download 321.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling