Reaksiya tartibi. Kinetik nazariyalar
Download 112.12 Kb.
|
portal.guldu.uz-REAKSIYA TARTIBI. KINETIK NAZARIYALAR. 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Zanjir reaksiyalar kinetikasining asosiy tushunchalari.
- CH3COOC2H5H2OCH3COOHC2H5OH
REAKSIYA TARTIBI. KINETIK NAZARIYALAR.REJA:REJA:1.Reaksiya tartibi va uni aniqlash usullari.2.Reaksiya tezligiga haroratni ta’siri.3.Aktiv to’qnashishlar nazariyasi.4.O’tar holat nazariyasi.5.Zanjir reaksiyalar kinetikasining asosiy tushunchalari.Reaksiya tartibini va uni aniqlash usullari.Reaksiya tartibini va uni aniqlash usullari.Umuman olganda reaksiya tarkibi reaksiya tezligining qaysi darajada konstentrastiyaga bog’liqligini ko’rsatadi. Yoki reaksiya tartibi (n) reaksiya tezligi tenglamasida moddalar konstentrastiyalari darajalari yig’indisiga teng. Reaksiyalar nolinchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi, va boshqa yuqori tartibli, xatto kasrli ham bo’lishi mumkin.Bir vaqtlar reaksiya tartibli va molekulyarligi bir xil deb hisoblanar edi. Tekshirishlar bu har xil tushunchalar ekanligini ko’rsatdi misol uchun, murakkab efirning suyultirilgan eritmada gidrolizlanishini ko’rib chiqaylikCH3COOC2H5H2OCH3COOHC2H5OHBu reaksiya suv ko’p bo’lganligidan, reaksiya natijasida uning konstentrastiyasi amaliy jihatdan o’zgarmay qoladi. Shuning reaksiya tezligi faqat efirning konstentrastiyasiga bog’liq bo’ladi. Demak, bu reakstiya ikki molekulyar bo’lib, birinchi tartibli reaksiyadir. Reaksiyaning tezligi reakstiya davomida o’zgarmasa, bunday reakstiya nol tartib bo’ladi. Masalan radioaktiv moddalarning parchalanish ham nol tartibli reaksiyalardir.Reaksiya tartibini aniqlashning bir necha xil usullari mavjud. Molekulyar tenglamalarga muvofiq kelishlik yoki tezlik konstantasini o’zgarmay qolishlik usuli. Bu usulda 3-4 marta takrorlangan tajriba natijalari vaqt (t) va reaksiyaga kirishgan moddaning miqdori (x) monomolekulyar, bimolekulyar va uch molekulyar reaksiyalarning tenglamasiga birin-ketin qo’yilib, tezlik konstantasini hisoblab chiqariladi. qaesi tenglamaga qo’yilganda k ning qiymati bir xil qolsa, shu tartibda bo’ladi. Bunda grafik usuldan ham foydalanish mumkin. Buning uchun ordinatalar o’qiga qiymatini. Abstissalar o’qishga esa vaqt (t) ning qiymati qo’yiladi Bu holda ham grafikda to’g’ri chiziq hosil bo’lishi kerak. Agar oligan natijalar bimolekulyar reaksiyaning tenglamasini qanoatlantirmasa, u holda, uch molekulyar reaksiyaning tenglamasiga qo’yiladi.Download 112.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling