LABORATORIYA ISHI № 6
Mavzu: Adobe Photoshop dasturida matn va konturlar bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Adobe Photoshop dasturida matn bilan ishlashni o’rganish va dastur uskunalari bilan tanishish
Kutilayotgan natija: Talabalarda Adobe Photoshop dasturi bilan ishlash hamda matnga ishlov berish ko’nikmalar hosil qilinadi.
Amaliy ish jihozi: Kompyuter, Adobe Photoshop dasturi, tarqatma materiallar
Ish rejasi:
1. Adobe Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash.
2. Adobe Photoshop dasturida konturlar bilan ishlash.
Nazariy ma’lumotlar: Adobe Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturida matn bilan ishlashning bir qancha imkoniyatlari mavjud. Matnlarni ekranga chiqarish uskunasi yoradamida amalga oshiriladi. Uskuna olingach varoqning matn yozilishi lozim bo’lgan qismida sichqoncha bir marta bosiladi va matn klaviatura orqali kiritiladi. Matn kiritib bo’lingan formatlash panelidan taqiqlash yoki tasdiqlash belgilaridan birini bosish lozim.
Matnga oid barcha parametrlar “Символ” panelidan amalga oshiriladi. Sрu yerning o’zidan yozuv shrifti, so’zlar orasidagi masofa, matn balandligi, harflarning qatordan baland yoki pastda joylashganligi (daraja yoki indeksda joylashganligi)ni, qatorlar orasidagi interval, harflar orasidagi masofa, harf kengligi, rangini belgilash va boshqa parametrlarni o’rnatish mumkin.
“Параграф” paneli yordamida matnni o’ng, chap chegara bo’yicha yoki markazga tekislash, abzats va otstuplarni o’rnatish mumkin. Barcha parametrlarni o’zgartirgandan so’ng albatta tasdiq belgisini bosish lozim. Ushbu ish qurol ishlatilgandan keyin yangi qatlam paydo bo’ladi.
Xususiyatlar satrida quydagilar aktiv bo’ladi:
Oddiy matn yoki matn chegaralari holati, matn yunalishini o’zgartirish, matn xarflar shaklini o’zgartirish, matn xarflar ko’rinishini o’zgartirish (qalin, yotiq, tagi chiziqli), matn xarflar kattaligini o’zgartirish, matn chegaralar turini o’zgartirish, matn abzatsda joylanishi: chap, o’rta yoki o’ng tomon bo’yicha matn rangini o’zgartirish soxasi, matn qiyshaytirish xolatlari, matn xususiyatlarini o’zgartirish oynasi bilan ishlash imkoniyati bo’ladi.
Matnlarni biror bir ob`ekt (traektoriya) bo’yicha joylashtirish uchun - buyrug`idan foydalaniladi.
Buyruqni bosgach muloqot oynasi ochilib, qaysi traektoriya bo’yicha joylashtirish kerakligi ko’rsatiladi, so’ngra egrilik radiusi, gorizontal va vertikal ogmalik darajasi ko’rsatiladi. OK tugmasini bosish bilan kursatilgan parametrlar aktivlashadi. Matnni belgilab
Do'stlaringiz bilan baham: |