Laboratoriya ishi №6 Mavzu: Emulsiya tayyorlash va turini aniqlash. Ishdan maqsad


Ish uchun kerak jihoz va reaktivlar


Download 29.59 Kb.
bet4/4
Sana07.10.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1694613
1   2   3   4
Bog'liq
6 лаборат колл

Ish uchun kerak jihoz va reaktivlar: Ko‘pik xosil qilish uchun ishlatiladigan asbob, havo puflagich, sekundomer, agar –agarning va nekalning ( butilsulfonaf-talinning natriyli tuzi ) 0,2 % li eritmalari (ko‘pik hosil qiluvchilar).
Tajribani bajarish. Ko‘pik hosil qilishga mo‘ljallangan nekalning 2%li eritmasi silindr (1) ga quyiladi. Silindr ikki teshikli probka bilan bekitiladi. Probkaning bitta teshigidan shisha nay (2) o‘tkazilgan, nayning uchi esa g‘ovak plastinka (3) bilan bekitiladi. Silindrda hosil qilingan ko‘pik jo‘mragi(4) bor shisha nay orqali mayda ulushlarga bo‘lingan yig‘gich (5)ga oqib o‘tadi.Tajriba quyidagi tarzda olib boriladi. Jo‘mrak (4)yopiq turganda asbob ichida havo bosimi malum daraja orttiriladi. Havo bosimini tartibga solib turish uchun havo puflagich bilan monometr (7) o‘rtasiga ulangan idish (6)dan foydalaniladi. Bu idish silindrdan iborat bo‘lib, uning ichiga shisha nay tushirilgan. Sistemadagi bosim shu nay silindrdagi suyuqlikka kana botib turganiga qarab,tartibga solinadi. Tajriba qanday bosimda olib borilishiga qarab, silindrga xar xil zichlikdagi suyuqliklar quyiladi. Havo bosimi doimiy qiymatga ega bo‘lgandan so‘ng jumrak(4) ochiladi. Dastlab hosil qilingan ko‘pik boshqa idishga yig‘ib olinishi kerak. Ko‘pik bir tekisda oqib chiqa boshlagandan keyin nay (4)ning uchi yig‘gichga tushirilib, uning yuqori belgisigacha ko‘pik yig‘ib olinadi. Yiqqich to‘lgandan keyin havo berish to‘xtalidi va malum vaqt, xar 10 sek.ichida ko‘pikdan qancha suyuqlik ajralib chiqishi o‘lchay boshlanadi. Keyinroq,10 sekunddan ko‘proq vaqt ichida qancha suyuqlik chiqishi o‘lchanishi mumkin, chunki bunda ko‘pikdan suyuqlik ajralib chiqishi juda sekinlashib qoladi. SHu bilan bir vaqtda ko‘pik ustunining baladligi qanday o‘zgarishi kuzatib boriladi. Buning uchun ko‘pik uchgan sari, uning yuqorigi sathi qancha pasayishi belgilanadi.
Tajribani to ″oyna″ quriguncha, yani ko‘piklar batamom uchib, suyuqlikning sirti quriguncha davom ettirish tavsiya qilinadi. Tajriba boshlangan paytdan to ″oyna″ quriguncha o‘tgan vaqt, ko‘pikning yashash davri deb shartli ravishda qabul qilinadi.
Karraligini aniqlash uchun ko‘pikning hajmi va xuddi shu paytda ko‘pik ichida qancha suyuqlik bor ekanini bilish zarur. Ko‘pikda hosil bo‘ladigan suyuqlik hajmi shu ko‘pik hajmi batamom buzilganda ajralib chiqadigan suyuqlik miqdori bilan xuddi shu paytda ko‘pikdan ajralib chiqqan suyuqlik miqdori orasidagi farqqa teng.
Pardalarga gel strukturasi berib turadigan moddalar qanday rol o‘ynashini ko‘rsatish uchun, tarkibida 0,2% agar-agar va 0,2% nekal eritmalari olinib tajribalarni takrorlash tavsiya etiladi.


Bajarilgan ish haqida xisobotda ko‘pik hajmining vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvchi va vaqt o‘tishi bilan ko‘pik karraligini qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafiklar chiziladi.


Nazorat savollari
1. Emulsiya va ko‘piklar kolloid eritmalardan nima bilan farq qiladi?
2. Emulsiyalar xosil qilishda emulgatorlar qanday rol o‘ynaydi?
3. Emulgatorlar qushmay emulsiya xosil qilib bo‘ladimi?
4. Emulsiya va ko‘piklar o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
5. Emulgator qo‘shib ko‘pik qanday hosil qilinadi?
6. Ko‘piklarning yashash davri deb nimani aytiladi?
Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling