Laboratoriya ishi №6 sirpanish va dumalash podshipniklarini o’rganish ishdan maqsad


Download 1.43 Mb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1437676
1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoria 6

2. Dumalash podshipniklari dumalab ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffisienti sirpanish podshipniklarinikiga nisbatan yuqori bo’ladi.
Podshipniklarning hamma elementlari standartlashtirilgan bo’lib, dumalash elementlari uchun yo’lakchalari bo’lgan tashqi 1, ichki xalqalar 2,dumalash elementi 3, (sharik rolik) dumalash elementlarini bir-biridan ajratib turadigan separator 4dan (1-rasm) tashkil topgan.

Ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan issiqlik miqdorining kichikligi vallarning aylana boshlanishi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momentining sirpanish podshipniklariga qaraganda bir necha marta (5-10 marta) kichikligi; sarflanadigan moy miqdirining kamligi; uzunlik bo’yicha o’lchamning sirpanish podshipniklarinikiga qaraganda birmuncha qisqaligi, rangli metall ishlatishni talab etmasligi mazkur podshipniklarning afzalligi hisoblanadi.
Diametri bo’yicha o’lchamlarning nisbatan kattaligi, xizmat muddatining qisqaligi (chunki kontakt kuchlanishning qiymati katta), kam seriyali yuqori aniqlikda tayorlanadigan podshipniklarning tannarxining yuqoriligi, ta’sir qiluvchi dinamik kuchlarga kambardoshligi; katta tezlik bilan harakatlanganda shovqin bilan ishlashi ularning kamchiligi hisoblanadi.


2. Dumalash podshipniklari qabul qila oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, uch turga bo’linadi:

  1. val o’qi tik ta’sir etuvchi kuchlarni qilishga mo’jallangan radial podshipniklar;

  2. val o’qi bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’jallangan tirak podshipniklar;

  3. val o’qiga tik bo’lgan kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni ham qabul qilishga mo’jallangan radial-tirak podshipniklar.

Podshipniklarning dumalash elementlari sharikli 2 – rasm va rolikli 3 – rasm bo’lishi mumkin.




Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling