Laboratoriya ishi №6 sirpanish va dumalash podshipniklarini o’rganish ishdan maqsad
Rolikli radial-tirak podshipnik sxemasi
Download 1.43 Mb.
|
Laboratoria 6
Rolikli radial-tirak podshipnik sxemasi
Dumalash podshipniklari tuzilishi jihatdan bir va ikki qatorli bo’lishi mumkin. Podshipniklar sirtqi diametrlari bo’yicha quyidagi seriyalarga bo’linadi: juda engil (2 ta seriya); o’ta engil (2 ta seriya); engil o’rta va og’ir seriyalarga bo’linadi. Eni bo’yicha o’ta ensiz, ensiz, o’rta enli, keng va o’ta keng seriyalarga bo’linadi. Sanoatda ko’p ishlatiladigan bu o’ta engil, engil, engil o’rta seriyali podshipniklardir. Podshipniklarni bir-biridan ajratish uchun raqam va xarflardan iborat shartli belgi kiritiladi. Bu belgining o’ng tomonidagi birinchi ikki raqami ichki diametrning shartli belgisi, o’ng tomondan uchinchi raqam podshipnikning seriyasini bildiradi. Bunda o’ta engil seriya 1, engil seriya 2, o’rta seriya 3, og’ir seriya 4, engil keng seriya 5, o’rta engil seriya 6. O’ng tomonidan to’rtinchi raqam podshipnikning turini bildiradi, ya’ni: 0 – bir qatorli sharikli; 1 – ikki qatorli sferik sharikli; 2 – silindirsimon kalta rolikli; 3 – ikki qatorli rolikli sferik; 4 – ignasimon rolikli radial podshipnik; 5 – maxsus o’ramli rolik; 6 – sharikli radial – tirak; 7 – konussimon rolikli; 8 – sharikli tirak; 9 – rolikli tirak. Shartli belgining o’ng tomonidagi beshinchi va oltinchi raqamlar podshipnik tuzilishidagi alohida xususiyatlarni masalan, sharikli radial – tirak podshipniklarda shakllarning joylanishini kontakt burchagi, tashqi halqasiga maxsus ariqchalar bo’lishi va boshqalarni ifodalaydi. Masalan, shartli belgi 11207. Demak, bu sharikli podshipnik bo’lib, ichki dimetri d = 07x5 = 35 мм; 2 – yengil seriya, 1 – ikki qatorli; 1 – podshipnikni valga mahkamlash uchun rezbali vtulka o’rnatilgan. Shu shartli belgi oldiga tire qo’yilib yozilgan 6,5,4,2 sonlar podshipnikning aniqlik klassini bildiradi. Sonlarning qiymati kamayishi bilan aniqlik darajasi (klassi) ortib boradi, agar son bo’lmasa, aniqlik klassi normal deb tushuniladi. Masalan, aniqlik klassi normal bo’lgan bir qatorli sharikli radial podshipniklarning shartli belgisi: 208, 309, 408. Bunda ichki dimetri 40 мм, yengil, o’rta hamda og’ir seriyali podshipniklarni bildiradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling