Laboratoriya ishi №6
Download 107 Kb.
|
Лаборатория-иши-№6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va materiallar
- Ishni bajarish tartibi 1. 1 va 2
- 1-rasm 2-rasm
LABORATORIYA ISHI №6MAVZU: O‘TKAZGICHLARNI PARALLEL VA KETMA-KET ULASHNI O‘RGANISH Ishdan maqsad: 1. Om qonunini , ya’ni zanjirdagi tok kuchini kuchlanishga va zanjir qarshiligiga bog’liqligini o’rganish. 2. O’tkazgichlarni kerma-ket va parallel ulash formulasini tekshirib ko’rish. Kerakli asbob va materiallar: 1) tok manbai ; 2) kuchlanishni o’zgartiruvchi potensiometr; 3) tokni rostlovchi rheostat; 4) voltmetr; 5) ampermetr: 6) qarshiliklar R1x va R2x ; 7) kalit; 8) ulovchi simlar. 1-vazifa. Noma’lum qarshiliklarni aniqlash Zanjirning bir qismidan o’tuvchi tok kuchi I shu zanjir qismidagi kuchlanish U ga to’g’ri proporsional va uning qarshiligi R ga teskari proporsionaldir, ya’ni (1) Bu formula Om qonunini ifodalaydi. SI sistemasida tok kuchining birligi amper (A) , qarshilik birligi Om va kuchlanish birligi volt (V). (1) formuladan o’tkazgichning qarshiligini aniqlash mumkin, ya’ni (2) Bu yerda kuchlanish voltmetr , tok kuchi esa ampermetr yordamida o’lchanadi. Ishni bajarish tartibi 1. 1 va 2-rasmda ko`rsatilgan sxemalar yig`iladi. 2. Manba elektr tarmog`iga ulanadi va kalit K ham ulanadi. 3. Reostat R ni maksimal qiymatiga ya`ni chap vaziyatga surib quyiladi. Bunda potenseometr P qulog`i chap tomoniga ulab qo’yiladi. 4 Reostat R ni o`zgartirib voltmeter va ampermetrning ko`rsatishi yozib boriladi. So`ngra potensiometr qulog`ini o’ngga burab kuchlanishni oshira borib, kuchlanish va tok qiymatini jadvalga yozib boramiz. Lekin bunda kuchlanish 6 voltdan oshib ketishi kerak emas.
5. Natijalarni jadvalga yozib undan nomalum qarshilik R1x yoki R2x ni har bir o`lchash uchun va umumiy o`rtacha qiymati hisoblanadi.
Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling