Laboratoriya ishi №7 Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad
Nisbat: nafas berish: 1 marta nafas 2 marta nafas
Download 176.11 Kb.
|
7-Laboratoriya ishi (4)
Nisbat: nafas berish: 1 marta nafas 2 marta nafas
massaj: 5-7-ta massaj 14-ta massaj Yurakni to‘g‘ri massaj qilganda manitor ekranida yurakni shakli yoritiladi va siltovlar soniga mo‘tanosib tovush signallari eshitiladi. Agar ko‘krak qafasi noto‘g‘ri siqilsa (kompressiya): ta’sir kuchi qo‘yilishi lozim bo‘lgan nuqtaga tushmasa yoki qo‘yilgan kuch to‘g‘ri burchak emas, o‘tkir burchak ostida berilgan bo‘lsa, odatda qovurg‘alarni.. sinishiga sabab bo‘ladi. Elektron tabloda singan a’zoning shakli yoritiladi va tovushli signal eshitiladi. Bunday hollar qo‘pol xato hisoblanadi va reanimatsiya darxol to‘xtatiladi. Bunday hollarda sekundomer ko‘rsatuvini tezda o‘chirib tashlang va tez yordam ko‘rsatishni boshidan boshlang. Agar 60 soniya davomida «O‘pka-yurak» muolijasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulyajda tirilganlik xakida quyidagi alomatlar paydo bo‘ladi: -shakar tomirda qon bosimi paydo bo‘lib, bo‘yinni ikki yon tomonida joylashgan 2-teshikchada lampochka yonib-o‘chib tomir urishini anglatadi; -mulyaj «nafas» olaboshlaydi-mulyajning ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i bir tekis ko‘tarilib tushaboshlaydi; -elektron tabloda hayotbaxsh alomat-yoritilgan ko‘z kosasida qisqargan holdagi qorachig‘ paydo bo‘ladi. Monitor ekranida navbatma-navbat miya, o‘pka, yurak rasmlari paydo bo‘lib, tomir urishi eshitiladi. Sizni quyidagi holatlarga alohida e’tibor berishingiz talab etiladi! O‘layotgan odamga tez yordam ko‘rsatish o‘zini murakkabligi bilan mulyajdagiga nisbatan ancha farq qiladi. Jumladan, jaryondagi texnik qiyinchiliklardan tashqari, yordam ko‘rsatuvchi o‘zida paydo bo‘ladigan ko‘rkish, irganish, xadiksirash kabi hissiyotlarni yengishi lozim bo‘ladi. Chunki, hayotda sodir bo‘ladigan tasodifiy o‘limning deyarli 80% dan ko‘prog‘ida, nafas olish yo‘llarini begona moddalar bilan to‘lib qolishi, oshqazondagi maxsulotlarni qizil o‘ngachga o‘tib tiqilib qolishi va nihoyat tilni tanglayga tortilib nafas yo‘lini bekitib qo‘yishi oqibatida hosil bo‘ladigan «bo‘g‘ilish» (asfiksiya) asosiy sabab hisoblanadi. Shuning uchun birinchi navbatda bemorni nafas yo‘llarini havo o‘tkazuvchanligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Buning uchun bemorni boshini orqaga og‘diriladi, og‘iz va tomog‘ini mavjud bo‘lgan so‘lak va zo‘riqish natijasida oshkazondan chiqib kelgan ovqat qoldiqlaridan tozalanadi, tishlari quyma bo‘lsa olib qo‘yiladi. Boshini 15o ga orqaga og‘dirilganda, tilni mushaklari biroz bo‘shashadi va uning asosi tomoqning orqa devoridan qochadi, va buning natijasida og‘izdan yuborilayotgan havoni tanglay va kekirdakka o‘tish yo‘li ochiladi. Bemorni og‘zini muolija davomida ochiq saqlash zarur bo‘ladi. «Shartsiz xatolar» darakchilari beshta bo‘lib, ularga qovurg‘alar, ko‘krak qafasi va boshqa ko‘plab a’zolarning sinishini hamda qorinni dam bo‘lishini aks etdiruvchi darakchilar kiradi., «Shartsiz xatolar» darakchilaridan kelgan signallar tahlil uchun elektron blokka kelib tushadi va shu zaxoti vaqt qisoblagichi bilan elektron dasturni o‘chirib qo‘yadi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar elektron tabloda qayd qilinadi va tovushli signallar orqali ko‘zatib (xabar berib) turiladi. «Shartli xato» darakchilarining o‘zgartirilgan signallari shartli xatolarni hisoblagichiga tushadi. Xatolar elektron tabloda aks etdiriladi va akustik signal bilan ko‘zatiladi. «Shartli xato» lar soni 7 dan kam bo‘lgandagina tez yordam jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. «Harakat» daraklagichlarining o‘zgartirilgan signallari dastur blokiga kelib tushadi va shu yerda oldin qabul qilingan algoritm bilan solishtiriladi. Yordam beruvchining «harakati» algoritm bilan to‘g‘ri kelsa elektron tabloda va mulyajning darakchilariga boshqaruv blokidan «tirilish» degan buyruq keladi. Bunday buyruqni mulyajning darakchilari quyidagi alomatlar ifodasida aks etdiradi: -ko‘z qorachig‘larining torayishi; -tasodifiy nafas olish; -shakar tomirning urishi. Ko‘rsatilayotgan yordam ijobiy bo‘lsa elektron tabloda yurak bilan o‘pkaning bir me’yorda ishlashi aks etib turadi. Bemorga tez yordam ko‘rsatish malakali tibbiyot xodimlarining kelgunigacha to‘xtovsiz davom etib turishi kerak. Sizning fidoyi harakatingiz davomida bemorda mustaqil nafas olish sodir bo‘lsa, demak bemor hushiga kelgan bo‘ladi. Siz uni hayotga qaytardingiz! Download 176.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling