Laboratoriya ishi №7 Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad


Talabaning laboratoriya vaqtida bajarishi shart amallari


Download 176.11 Kb.
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi176.11 Kb.
#1445184
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi (4)

Talabaning laboratoriya vaqtida bajarishi shart amallari:
-mulyaj stolda (yoki polda, sharoitga qarab) gorizontal xolatda yotqizib qo‘yiladi.( Mulyaj yotqizilgan stol ishchi yozuv stollaridan 10-15 sm pastroq bo‘lishi maqsadga movofiq bo‘ladi).
-mulyaj ko‘kragiga -o‘yilgan qo‘llarni tirsakdan bukilmasligi lozim. Yordam ko‘rsatuvchi talaba Laboratoriya paytida, o‘ziga shunday qulay joy tanlashi lozimki, u mulyaj bilan ishlayotganda monitorning ro‘parasida turib, o‘z harakatlarini nazorat qilaolsin.
-mulyaj boshini 15o ga, ya’ni oxirigacha orqaga og‘diring. Agar kalla yetarli darajada orqaga og‘dirilmagan bo‘lsa, nafas yuborilayotgan paytda havo oshqazonga ketib qolishi mumkin: bu holda monitor ekranida–yashil rangdagi okazonni ko‘rasiz va qo‘ng‘iroq ovozini eshitasiz. Bu xatodir, bu holatni to‘zatish uchun mulyajni chap yoniga yotqizasiz va qorin qismidagi ikki tavakali taxtachani qo‘lingiz bilan bosasiz. Agar to‘g‘ri harakat qilsangiz oshqazondagi yog‘du o‘chadi va tovushli signal xam yo‘qoladi.
Yordam ko‘rsatishni davom etdirasiz:
-mulyaj kallasini orqaga 15o oxirigacha og‘diring. Bosh va ko‘rsatgich barmoqlaringiz bilan mulyajning burun chanoqlaridagi ikkita teshikchalarni berkiting. Chuqur nafas olib, og‘zingizni mulyajning og‘ziga zich xolatda qo‘yib, o‘pkangizdagi bor havoni uning og‘ziga puflang. Shunda mulyajning ekranida o‘pka rasmi paydo bo‘ladi.
Tez yordam ko‘rsatishda eng og‘ir jarayon, bu yurakni massaj qilishdir, ya’ni ko‘krak va qovurg‘a suyaklariga shikast yetkazmagan holda yurak qorinchalaridan qonni aort tomirlariga siqib chiqarishni mukammal o‘rganishdir.
Buning uchun mulyajning rasm 4a da ko‘rsatilganidek ko‘krak qafasi bilan oshqazon bo‘shlig‘i orasidagi chuqurchadan ikki barmoq yuqorida joylashgan nuqtaga oldin chap kaftingizni so‘ngra ustidan o‘ng kaftingizni qo‘yib, tik holatda tez-tez siltov asosida bosim berasiz. Bunda ko‘krak qafasini siqilishi 4-5sm dan oshmasligi lozim. Har bir siltovni boshlanishidan tugashigacha 0,5 soniyadan oshmasligi shart. Siltab bosishlarni orasidagi vaqt 0,5-1,0 soniya. Bosimlar orasida qo‘llarni belgilangan nuqtadan olish tavsiya etilmaydi, bosayotgan paytda ikkala qo‘llarni tirsaklari to‘g‘rilangan, panjalari yozilgan va biroz yuqoriga ko‘tarilgan holda harakat qilish zarur bo‘ladi. Bu holda kam mehnat sarflab, yuqori natijaga erishish mumkin.

Download 176.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling