Laboratoriya ishi №7 Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad


Download 176.11 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi176.11 Kb.
#1445184
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi (4)


Laboratoriya ishi №7
Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish.


Ishdan maqsad: Ushbu Laboratoriya ishini bajarishda, maskur uslubiy qo‘llanma talabalar uchun asosiy manba vazifasini o‘taydi va uning maqsadi elektr quvvati ta’siridan shikastlanib, bexush bo‘lib qolgan odamga, kechiktirmasdan dastlabki tez yordam ko‘rsatish tartibini talabalarga o‘rgatishdan iborat.


Umumiy ma’lumotlar
Mulyajning texnik imkoniyatlari. Uskuna talabalarni va xohlovchilarni elektr toki ta’siridan hushsizlanib qolgan odamga tez va foydali yordam ko‘rsatish usulini mashq qilish asosida o‘rgatishga xizmat qiladi. Uskunada odamning ichki a’zolari bo‘lmish yurak, o‘pka va oshkazonlarni klinik o‘lim holatidagi faoliyatlari elektron moslamalar yordamida aks etdiriladi va tez yordam ko‘rsatish jarayoni to‘g‘ri bajarilganda ularning xayot faoliyati tiklanadi. Mashq uskunasida sun’iy nafas olish, yurakni massaj qilish, oshkazondan zararli havoni xaydab chiqarish, hamda yordam ko‘rsatuvchining harakat tezligi, ta’sir etish kuchi va harakatidagi xato-kamchiliklarni avtomatik tarzda nazorat qilib borish mexanizmlari mavjud. Yordam ko‘rsatuvchining to‘g‘ri harakatlanishi natijasida nazorat vaqti 1 dak. davomida mulyaj «tiriladi». Mulyajda to‘g‘ri muolija qilinganda quyidagi belgilar paydo bo‘ladi:
-16mar/dak.ga teng bo‘lgan nafas olish tezligini tiklanishi (mulyajni ko‘krak kafasi ko‘tarilib tusha boshlaydi);
-ko‘z qorachig‘larining o‘lchami 2-3 mm.ga qisqarishi;
-quloq ostidagi arterial qon tomirida bir daqiqada 60 marotaba tomir urishini qo‘qisdan paydo bo‘lishi ko‘zatiladi.
Mulyajning konstruktiv tuzilishi. Mashq uskunasining tarkibiy qismida mulyaj, elektron tablo-monitor, 2-ta og‘iz-burun maskasi va ularni mikrobdan spirt bilan tozalashda ishlatiladigan idish va boshkalar mavjud. Mulyajning ko‘krak va qorin ustki qismida harakatlanib turuvchi maydonchalar hamda bo‘ynining ikki tomonida arterial qon bosimini ko‘rsatuvchi indikatorlar bor.
Mulyaj odam tanasining byusti shaklida shakilangan, ya’ni oshqazon ostidan yuqori qismida joylashgan hayot uchun zarur bo‘lgan ichki a’zolarni qamrab olgan. Unda ichki a’zolar faoliyatini aks etdiruvchi quyidagi indikator (imitator) asboblar o‘rnatilgan:
1-ko‘krak qafasining nafas olish paytidagi harakatlanishi;
2-yurakni sirtdan massaj qilish;
3-kallani orqaga og‘dirish mexanizmi;
4-ko‘z qorachig‘ini o‘zgarishini aks etdiruvchi mexanizm;
5-tomir urishi-pulsni belgilolvchi mexanizm;
6-oshqozonda “havo yig‘ilib, dam bo‘lish” holatini aks etdirish;
7-sun’iy nafas oldirish mexanizmi;
8-oshqazonda “yig‘ilib qolgan havo”ni bo‘shatish;
9-ko‘krak qafasi va qovurg‘alarni sinishini tasvirlash;
10-tana holatini o‘zgartirish;
11-boshqa har xil turdagi suyaklarni sinishi va h.o.
Mulyajning tarkibiga elektron tablo-monitor, 2-ta og‘iz-burun maskalari va maskalarni spirt bilan dizenfeksiyalash uchun idish va boshqalar kiradi.
6
.1-rasm. Mulyajning ko‘rinishi.


Mashq uskunasi tarkibidagi a’zolarning vazifalari. Yurakni sirtdan massaj qilish mexanizmi ko‘krak qafasini 30-40 mm.ga siqilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Buning uchun ko‘krak qqfasini belgilangan joyiga 20-25 kGs mikdorida kuch bilan ta’sir etish kifoya. Nafas olish a’zosining (faoliyatini o‘xshatuvchi asbob), nafas olish tezligi 16 mar/daq bo‘lib, ko‘krak qafasi devorini ±10mm. gacha ko‘tarilib tushishini ta’minlaydi.
Kallani orqaga og‘dirish mexanizmi mulyaj boshini gorizontal o‘qiga nisbatan 15o ga og‘dirishi mumkin. Reanimatorning to‘g‘ri harakat qilishi natijasida, mulyaj ko‘zining qorachig‘i 2 mm.ga qisqarishi ijobiy ko‘rsatgichlardan hisoblanadi.
Oshqazonda gaz yig‘ilib qolish holati qorin devorinig 10-15 mm sezilarli ko‘tarilib turishi bilan belgilanadi. Sun’iy nafas olish datchigi o‘pkaga yuborilayotgan havoning xajmi 600 ml dan oshgandagina o‘pkaga havo yetib boradi va nafas olishni ta’minlaydi. Yuborilgan havoning xajmi 1000 ml dan oshib ketganda giperventilyatsiya holati, ya’ni o‘pka nafas ola boshlaydi.
Oshqazon damlanishini ifodalovchi mexanizm, 5-7 kGs kuch bilan ta’sir etilganda qorin bo‘shlig‘ining yuqori devorini 20-30 mm ga pasayishini ta’minlaydi. Tana holatini boshqaruvchi mexanizm mulyajni gorizontalga nisbatan 45o ga yonboshlatilganda signal beradi. Arterial tomirni 60 mar/daq tezlikda urishini quloq orqasidagi maxsus teshik orqali bilish mumkin.
Ko‘krak qafasidagi ko‘plab siniqlarni mahsus datchik yordamida ko‘krakni pastki qismiga 25 kGs kuch bilan ta’sir qilgan holda aniqlanadi.
Tez yordam ko‘rsatish uchun 60 soniya vaqt beriladi, shu qisqa vaqt ichida Siz 48- dan kam bo‘lmagan eng to‘g‘ri harakatlarni bajarishingiz lozim.
Mulyaj tanasining daraklagichlari bitta blokga joylashtirilgan. Blokda tananing holatini o‘zgartirish, ko‘krak, qovurg‘a va dumg‘azadagi ko‘plab siniqlarni bildiruvchi, nafas olish va chiqorish, oshqazonda gaz yig‘ilishini ko‘rsatuvchi maxsus darakchilar joylashtirilgan.
Tomir urishini ko‘rsatuvchi darakchi (imitator) mulyajning bo‘ynidan o‘tuvchi, shakar tomir ostida joylashgan. Bu rele mexanizmi, mitti tebratgichlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning bir uchi shakar tomir ustidagi kichkina teshikka chiqadi.
Mulyajning bosh qismida nafas olish daraklagichi joylashgan bo‘lib, unga yuborilayotgan havo shu maqsadga xizmat qiluvchi og‘iz-burun maskasi orqali o‘pkaga havo yuboriladi. Uning havo o‘zatish naychasi ostida o‘ynab turuvchi po‘kak o‘rnatilgan bo‘lib, maskaga havo yuborilganda u surilib havoni o‘tkazib yuboradi. Maska orqali havo o‘pkaga to‘g‘ri yuborilsa «nafas olish» daraklagichi ishga tushadi.
K
allani holatini o‘zgartiruvchi daraklagich esa, jag‘ning engak qismi ostida joylashgan bo‘lib, u mulyaj kallasini rasm-3 a, da ko‘rsatilganidek 15o ga orqaga og‘dirishga xizmat qiladi.
6.2-rasm. Yordam ko‘rsatish paytida jaroxatlanuvchi boshini qaysi holatda bo‘lganida nafas yo‘li ochiladi.
1-tilning normal holati; 2-nafas yo‘lining jag‘ qismida joylashgan orqa devori; 3a-tilni qisqarishi tufayli nafas yo‘lini beklishi; 3 b- kekirdak kanalini ochiq holdagi ko‘rinishi.

Mulyajning ko‘zida qorachig‘ o‘lchamini o‘zgarishini aks etdiruvchi moslama (o‘xshatgich) o‘rnatilgan. Tez yordam ko‘rsatgunga qadar ko‘z qorachig‘i (2mm gacha) kengaygan holatda bo‘ladi. Yordam to‘g‘ri ko‘rsatilsa o‘xshatgich qorachig‘ ichida joylashtirilgan lampochkaga tok beradi. qorachig‘ bilan lampochkalar orasida o‘rnatilgan nur to‘sqich filtrlarga lampochkadan tushayotgan yorug‘likni sinishi oqibatida qorachig‘ kichrayib ko‘rinadi.


Mulyajning kallasi orqa va oldinga ±15o, hamda o‘ng va chap tomonlarga ±45o burchak ostida aylanishi mumkin.
Mulyajdagi daraklagichlardan keladigan signallar old qismida yorituvchan tablo joylashtirilgan elektron blokka kelib tushadi. Unga kelayotgan barcha signallar ma’lum tartibda qabul qiluvchi algoritm asosida ishlab chiqilgandan keyin mulyaj daraklagichlari orqali yorituvchan tabloga buyruq beradi.
Laboratoriya vaqtida va umuman mulyajning o‘zgaruvchan qsimlarini zaruratsiz harakatlantirish mulyajning bo‘zilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mulyajning texnik darajasini tushunib olmaguncha unga tegmaslik va albatta labarant nazorati ostida bajarish lozim bo‘ladi.
Mashq uskunasining harakat uslubi:
-mulyaj darakchilaridan keladigan signallar 3 turga bo‘linadi:
-nafas olish darakchisi;
-yurakni massaj qilish darakchisi;
-oshqazon damlanishini ko‘rsatuvchi daraklagich.

Download 176.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling