Laboratoriya ishi №7 Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad


Uskunadan foydalanishda havfsizlik qoidalari


Download 176.11 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi176.11 Kb.
#1445184
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi (4)

Uskunadan foydalanishda havfsizlik qoidalari.
1.Uskuna bilan ishlash oldidan antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish shart, ya’ni mulyajning sirti va “Og‘iz-burun” maskasi sanitariya ishlovidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
2.«Og‘iz-burun» maskasi, tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha bevosita asosiy harakat boshlanishi oldidan mulyajni boshiga o‘rnatiladi.
3.Har bir sinovchi talaba maskadan foydalangandan keyin, uni mulyajdan chiqarib olinadi va zararsizlantiruvchi eritma quyilgan idishga solib 7-bandda ko‘rsatilgan tartibda gigienik ishlov beriladi.
4.Vaqti-vaqti bilan mulyajda ishlash oldidan uning sirtini 96 % li etil spirti bilan artib turish lozim bo‘ladi.
5.Mulyaj bilan ishlaganda quyidagi havfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur, jumladan:
-1000 V gacha kuchlanishdagi elektr dastgoxlariga taalluqli elektr havfsizligi qoidalari qo‘llanilgan bo‘lishi;
-muhofazalovchi qismni almashtirish zarur bo‘lganda, mulyajni elektr tarmog‘idan o‘zib qo‘yishi;
-tarmoqqa ulanishdan oldin elektron blokni yerga ulanish zanjiri bilan bog‘langanligini ta’minlash va x.o.


Dastlabki tez yordam ko‘rsatish tartibi.
Odamning tasodifiy elektr toki ta’sirida yurak urishi va nafas olishi to‘xtagandan keyin 5-6 daqiqa vaqt davomida uning miya faoliyati va umuman barcha a’zolarining normal hayotiy faoliyatga qaytish imkoniyati mavjud. Bu qisqa vaqt ichida organizm uchun kerakli ozuqa, undagi glikogen moddasini kislorodsiz parchalanishi hisobidan yetkazib turiladi. Bu vaqtni tugashidan so‘ng, miya qobug‘ining eng nozik xujayralari o‘limga mahkum bo‘ladi va shu soniyadan e’tiboran organizmda tiriklik belgilari so‘nib, haqiqiy biologik o‘lim sodir bo‘ladi.
Jaroxatlangan odamning hayotga qaytishi, yoki uning o‘limi tibbiyot xodimlarining yetib kelgunlarigacha, voqia sodir bo‘lgan joyning o‘zida, unga ko‘rsatiladigan dastlabki tez yordam saviyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Hayotda sodir bo‘ladigan bunday baxtsiz hodisalar tufayli bevaqt halok bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonlarni hayotini saqlab qolish imkoniyati mavjud. Buning uchun uncha murakkab bo‘lmagan, harbir kishi albatta o‘zlashtirib olishi oson bo‘lgan, tez yordam ko‘rsatish usulini yanglishmasdan o‘z vaqtida tezkorlik bilan to‘g‘ri bajarishi kifoyadir.
Dastlabki tez yordam ko‘rsatish tadbirining asl mohiyati miya qobig‘ida qon aylanishini to‘xtab qolmasdan davom etishini ta’minlashdan iborat.
Dastlabki tez yordam ko‘rsatish tadbiri odatda, yordam beruvchining chuqur nafas olib jaroxatlanuvchining o‘pkasiga puflashi va yurak qorinchalaridan ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i o‘rtasida joylashgan (rasm 6.3 a,b) nuqtaga bosim berib, mexaniq siqish yo‘li bilan yurakdagi qonni arterial tomirlarga xaydab chiqarishdan iboratdir.
Yonigizda birov o‘layotgan paytda, uni hayotga qaytarish uchun Sizdan talab qilinadigan bor-yo‘q vazifa shugina holos. Dastlabki tez yordam ko‘rsatish tadbirlarini o‘zlashtirishda Sizga omad tilaymiz.
6
.3-rasm. Yurakni massaj qilish.

Bir daqiqa vaqt ichida to‘g‘ri ko‘rsatilgan tez yordam natijasida, mulyajning «ko‘zi tiriladi» –ya’ni yonib turgan ko‘z kosasining soyasida «qisqarib» turgan ko‘z qorachig‘ini ko‘ramiz. Siz yordam ko‘rsatish davomida elektron monitorda o‘z harakatingizni va reanimatsiya vaqtini ko‘zatib borishingiz mumkin.





Download 176.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling