Laboratoriya ishi №7 Elektrdan shikastlangan odamga dastlabki yordam ko‘rsatish. Ishdan maqsad


Mulyajni ishga tayyorlash tartibi


Download 176.11 Kb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi176.11 Kb.
#1445184
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi (4)

Mulyajni ishga tayyorlash tartibi.
1.Mulyajni holatini ko‘zdan kechirish.
2.Mulyaj stol ustiga orqasi bilan gorizontal yotqiziladi.
3.Elektron tabloni bog‘lovchi kabel orqali mulyaj bilan bog‘lash.
4.Elektron blokning orqa devorida (chap burchagi ostidagi) yerga ulanish klemmasi orqali yerga ulash zanjiri bilan ulangan bo‘lishi kerak.
5.Elektron tabloning ustki qismida joylashgan o‘chirgich-tumbler «Set» ni «Vklyucheno» holatiga o‘tkazish.
6.Elektron tabloni 220V dan katta bo‘lmagan kuchlanishdagi elektr tarmog‘iga elektron blokdan chiqib turgan kabel bilan ulash lozim.
7.«Og‘iz-burun» maskasini mikrobsizlantiruvchi idishga solib ustidan ko‘milguncha spirt yoki boshqa antiseptik eritma quyib, 15 –20 soniya davomida mikroblardan tozalanadi.
8.Mulyajni ishga tayyorlashdan oldin ustki sirtini 96 % li etil spirti bilan artib tozalanadi.
9.Maskani spirt idishidan olib kran ostida suv bilan yaxshilab chayilgandan so‘ng, mulyajning jag‘ qismiga o‘rnatiladi.
10.Blok ustidagi tumblerni «Set» xolatiga qo‘yiladi. Bu holda elektron tablo yoritiladi va vaqtni aniqlovchi indikatorda ixtiyoriy ma’lumot paydo bo‘ladi.
11.Elektron blokning ustki qismidagi chuqurchada joylashgan «Stop» tugmachasini vaqt indikatorida «nul» belgisi paydo bo‘lgungacha bosib turiladi.
12.Shundan keyin «Stop» tugmachasidan barmog‘ingizni olib, mulyaj sekundomerida vaqt xisobi boshlanganini ko‘rasiz.
13.Mulyaj daraklagichlari harakatini tekshirish maqsadida, mulyajning xarakterli nuqtalariga bir martalik ta’sir etish yo‘li bilan uning ishga, tayyormi yoki yo‘qligini elektron tabloda aks etayotgan shakl va akustik signallar orqali sinab ko‘riladi. Yuqorida qayd qilingan bandlardagi shartlarni to‘liq va to‘g‘ri bajarilganidagina Laboratoriya uskunasi ishlatishga tayyor bo‘ladi.
14.Talaba yoki o‘rganuvchi shaxs mulyajda «tez yordam» ko‘rsatish bo‘yicha harakatni o‘kituvchi yoki laborantning ishtirokida va ularning ijozati bilan boshlashi mumkin.
15.O‘qituvchi (labarant) talabaga «boshlang» degan buyruqni berish barobarida «Pusk» tugmachasini bosib, uning harakatlanishiga ijozat beradi. Agar laboratoriyada o‘zi mustaqil o‘rganayotgan kishi bo‘lsa, buyruqni o‘ziga o‘zi beradi.
16.Talabaning harakatiga qarab bajarish dasturlarining varianti 1:5 yoki 2:15 nisbatida avtomatik tarzda tanlanadi.
17.Harakatlarning akustik signallari zarur bo‘lganda tumbler yordamida o‘chirib qo‘yilishi mumkin.

Download 176.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling