Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Fermentlarni yuqori temperatura ta’sirida inaktivatsiyaga uchrashi


Download 65.99 Kb.
bet2/4
Sana10.10.2023
Hajmi65.99 Kb.
#1696788
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biokimyo lab

Reaktivlar: a) so'lak (10 marta suyultirilgan), b) 1% li saxaroza, d) 1% li kraxmal, e) Trammer reaksiyasi uchun kerakli reaktivlar.
Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan suyultirilgan so'lak solinadi. Ulardan biriga 1 ml saxaroza, ikkinchisiga 1 ml kraxmal solib, 10 minut termostatga (38°C ga) qo'yiladi. Bundan keyin sovitiladi va har bir probirkada Trammer reaksiyasi qilib ko'riladi. Reaksiya natijasi shuni ko'rsatadiki, amilaza faqatgina kraxmalni katalizlaydi, saxarozaga ta’sir etmaydi.
So'lakdagi amilaza fermentining faolligiga pH ning ta’siri
Har bir ferment ma’lum pH muhitida optimal faollikka ega bo'ladi. Mas., pepsin uchun pH 1,5-2,0 ga teng, so'lakning amilazasi uchun 6,8 -7,0, tripsin uchun 7,8, oshqozon osti bezining lipazasi uchun 7,0-7,8 ga teng bo'ladi.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har xil substratdan ajratib olingan va bir xil reaksiyani katalizlaydigan fermentlar o'zining optimal faolligini pH ning har xil ko'rsatkichlarida namoyon qiladi. Mas., shakarqamishda uchraydigan saxarozaning optimal ta’sir qilish pH
ko'rsatkichi 6,2 ga teng, achitqilardan ajratib olingan saxarozaning optimal pH i 4,6-6,0 ga teng. So’lak amilazasining optimal pH i 6,8-
7,0 ga teng bo'lsa, unayotgan bug'doy amilazasining pH i 4,4-4,5 ga teng bo’ladi.
Reaktivlar: a) so‘lak (100 marta suyultirilgan), b) 0,5% li kraxmal, d) 1% li natriy xlorid, e) 0,1 M li limon kislota, 0 0.2 M li natriy fosfat, g) Lyugol eritmasi.
Ishning bajarilishi: 7 ta probirka olib, ularning har biriga
limon kislota va natriy fosfatning eritmasidan jadvalda ko'rsatilgandek qilib solinadi. Bunda bar bir probirkadagi eritma 5,6 dan 8,0 gacha pH ga ega bo'ladi. Shundan so‘ng har bir probirkaga 10 tomchidan 1% li natriy xlorid, 0,5% li kraxmal va 100 marta suyultirilgan so’lak solinadi va aralashtiriladi.



i Probirkalar

Natriy fosfat,

Limon kislota,

Bufer aralashmasining

raqami

Ml

ml

pHi

1

0,58

0,42

5.6

2

0,63

0,37

6,0

3

0,69

0,31

6,4

4

0,77

0,23

6,8

5

0,87

0,13

L2

6

0,94

0,06

7,6

7

0,97

0,03

8,0



Probirkalar 10 minut 38°C li termostatga qo‘yiladi. Vaqt o'tgach probirkalarni termostatdan olib tezda sovitiladi va har biriga 1 tomchidan Lyugol eritmasidan solinadi va hosil bo’lgan rang kuzatiladi. Shundan so‘ng qaysi pH li probirkada kraxmal to‘liq parchalanganligini aniqlash kerak (yod bilan sariq yoki qo‘ngir sariq rang hosil bo'lishi kerak).

Download 65.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling