Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad
-rasm. Toretsli frezalash sxemalari
Download 297.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Randalash dastgohida ishlov berishningtexnologik usullari.
7.3-rasm. Toretsli frezalash sxemalari:
a) yon tomondan ko‘rinishi; b) freza simmetrik joylashgan (ustki tomondan ko‘rinishi); v) freza asimmetrik joylashgan (ustki tomondan ko‘rinishi). Umuman olganda yassi yuzalarni toretsli frezalashda ish unumdorligi tsilindrik frezalashga nisbatdan yuqori bo„lganligi uchun, bu usul ko„proq qo„llaniladi. Mashina detallarining yassi yuzalariga qo„yilgan o„lcham aniqligi va g„adir- budurlik talablariga qarab bir marotaba yoki qora va toza frezalab ishlov beriladi. Yassi yuzalarni jilvirlashda ish unumdorligi yuqori bo„lganligi uchun yupqa frezalash kamdan-kam qo„llaniladi. Randalash dastgohida ishlov berishningtexnologik usullari. Randalash, detallarning yassi yuzalarga va ariqchalarga ishlov berish uchun qo„llaniladi. Randalash dastgohlari ikkita turga bo„linadi: bo„ylama-randalash va ko„ndalang-randalash. Bo„ylama randalashda dastgoh stoli, ustida mahkamlangan zagotovka bilan birgalikda ilgarlanma-qaytma harakat bajarib, ko„ndalang surilish esa har bir ishchi yurishda keskichli supportni ma‟lum qiymatga siljishi orqali bajariladi. Qirindi ishchi yurish vaqtida olinib, salt yurishda support keskichni ko„tarib turadi va kesish jarayoni sodir bo„lmaydi. Bo„ylama-randalash dastgohlari katta o„lchamli detallarga ishlov berish uchun ishlatilib, bir va ikki ustunli, zagotovkaning bir nechta yuzalariga bir vaqtda ishlov berishga mo„ljallangan bitta, ikkita va to„rtta supportli bo„ladi. Ko„ndalang-randalash dastgohlarda keskichli support ilgarlanma-qaytma ishchi yurish ega, dastgoh stoli esa ustida mahkamlangan zagotovka bilan birgalikda sudralgichning har bir ishchi yurishidan so„ng uzlukli surilishga ega bo„ladi. Bunday dastgohlar kichik va o„rta o„lchamli detallarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Download 297.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling