Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad


Download 297.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi297.11 Kb.
#1544090
  1   2   3   4   5   6


Laboratoriya ishi №7 
Mavzu: Metallarni kesish usulllari 
Ishdan maqsad: Mashinasozlik dastgohlari bilan metallarga ishlov berish 
va dastgohlarni ishlov berishga tayorlash va sozlashni tahlil qilish. 
Kerakli jihozlar, asboblar va materiallar: 
1. Mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari. 
2. Ishlov berish uchun zagatovka. 
3. Mikrometr 
NAZARIY QISM 
Tokarlik dastgohida ishlov berish 
O„z o„qi atrofida aylanuvchi tashqi va ichki yuzalarga yo„nib ishlov beriladi. 
Yo„nib ishlov berish ishlari tokarlik dastgohlarda amalga oshiriladi. Tokarlik 
dastgohining asosiy aylanish harakatini sh‟indelda bajaradi. Ishlov beriladigan 
zagotovka shpindelga mahkamlanadi. Support, unga o„rnatilgan keskich bilan 
birgalikda surilish harakatini bajaradi. 
Tokarlik dastgohlarning turlari xilma-xil. Ularning tuzilishi va murakkablik 
darajasi ish unumdorligiga hamda ishlab chiqarish turiga bog„liq bo„ladi. 
Bajarilayotgan amaliy ishida 1K62 turdagi universal tokarlik-vintqirqar dastgoh 
qo„llanilgan. Dastgoh su‟‟ortining surilishini taominlovchi yurish validan tashqari, 
turli qadamda keskich bilan rezba ochishga mo„ljallangan yurish vinti bilan 
taominlangan. 
Tokarlik dastgohlarning universalligi, ularda bajarilishi mumkin bo„lgan 
turli xil ishlar bilan ajralib turadi: 
а) tashqi tsilindrik, konusli va shakldor yuzalarga ishlov berish; 
б) silindrik silliq, pog„onali va konusli teshiklarni yo„nib kengaytirish; 
в) yon tomonlarni kesish; 
г) har xil o„lchamda ariqchalarni yo„nish va faskalarni ochish
д) tashqi va ichki yuzalarga rezba ochish; 
е) parmalash, zenkerlash, rezvyortkalash, zenkovkalash; 
ж) markazlash;
з) kesib tushurish va boshqalar. 
Tokarlik guruhidagi dastgohlarning zagotovkalari dastgoh markazlarida 
(7.1.a-rasm), patronda yoki planshaybada o„rnatilib mahkamlanadi. Kalta silindrik 
detallarning zagotovkalari o„zi markazlantiradigan uch mushtchali „atronlarda 
(7.1.b-rasm), katta va silindrik bo„lmagan zagotovkalar to„rt mushtchali 
patronlarda mahkamlanadi. To„rt mushtchali patronning har bir mushtchasi 
harakatini alohida yuritma ta‟minlaydi. 


a)
b)

Download 297.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling