Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad
Gorizontal-frezalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari
Download 297.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2.-rasm. Silindrik freza bilan tekislikni frezalash sxemalari: a) qarshi frezalash; b) yo‘laki frezalash.
- Vertikal-frezalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari.
Gorizontal-frezalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari.
Frezalash - freza deb ataladigan ko„p tig„li kesuvchi asbob yordamida zagotavkani kesib ishlash jarayonidir. Frezalashda freza aylanadi (asosiy harakat), dastgohning stoliga o„rnatilgan zagotovka esa freza tomon ilgarlanma harakat - surilish harakatini qiladi. Yassi tekisliklarga toretsli va tsilindrik frezalar bilan ishlov beriladi. Frezalash dastgohlari shpindelni joylashishiga qarab: vertikal va gorizontal bo„ladi. Silindrik frezalar bilan frezalash yo„laki va qarshi usulda, gorizontal- frezalash dastgohida bajariladi. Qarshi frezalashda frezaning aylanish yo„nalishi surish yo„nalishiga teskari bo„ladi (7.2.a-rasm). Yo„laki frezalashda frezaning aylanish yo„nalishi surish yo„nalishi bilan bir xil bo„ladi (7.2.b-rasm). Qarshi frezalashda tishga qo„yilgan yuklanish asta-sekin oshib boradi, chunki tish bilan kesilayotgan qatlam qalinligi asta-sekin ortib boradi. Yo„laki frezalashda freza tishi birdaniga maksimal kesish qalinligi va eng katta yuklanishdan ish boshlaydi. Ikkala usulning o„zini afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Yo„laki frezalashda ishlov berilayotgan yuza g„adir-budurligi yuqori, lekin surilishlar qiymati kichik bo„ladi. Qarshi frezalashda yuza sifati past, lekin katta qatlamni olishi mumkin. Shu sababdan qarshi frezalash, asosan, qora frezalashda, yo„laki frezalash esa toza frezalashda qo„llaniladi. a) b) 7.2.-rasm. Silindrik freza bilan tekislikni frezalash sxemalari: a) qarshi frezalash; b) yo‘laki frezalash. Mashina detallarining yassi yuzalariga qo„yilgan o„lcham aniqligi va g„adir- budurlik talablariga qarab bir marotaba yoki qora va toza frezalab ishlov beriladi. Yassi yuzalarni jilvirlashda ish unumdorligi yuqori bo„lganligi uchun yupqa frezalash kamdan-kam qo„llaniladi. Vertikal-frezalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari. Frezalash - freza deb ataladigan ko„p tig„li kesuvchi asbob yordamida zagotavkani kesib ishlash jarayonidir. Frezalashda freza aylanadi (asosiy harakat), dastgohning stoliga o„rnatilgan zagotovka esa freza tomon ilgarlanma harakat - surilish harakatini qiladi. Yassi tekisliklarga toretsli va silindrik frezalar bilan ishlov beriladi. Frezalash dastgohlari shpindelni joylashishiga qarab: vertikal va gorizontal bo„ladi. Frezalar ko„p tig„li kesuvchi asboblar bo„lib, kesuvchi qismining geometrik parametrlari jihatidan keskichlarga ko„proq o„xshaydi. Frezalashning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, frezaning har biri tishi kesib oladigan material qatlamining qalinliga o„zgaruvchan bo„ladi va minimumdan maksimumgacha va, aksincha, maksimumdan minimumgacha o„zgaradi. Toretsli frezalash vertikal-frezalash dastgohida bajariladi (7.3.a-rasm). Toretsli frezalar yaxlit va qo„ndirma qilib tayyorlanadi. Diametrlari ishlov berilayotgan V yuza enidan 1,2 1,6 barobar katta bo„ladi. Freza zagotovkaga nisbatdan simmetrik (cho„yanlarni frezalashda, 7.3.b-rasm) yoki asimmetrik (po„latlarni frezalashda, 7.3.v-rasm) joylashadi. a) D B D B b) v) Download 297.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling