Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad
-rasm. Tokarlik dastgohida mahkamlash va ishlov berish sxemalari
Download 297.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parmalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari
7.1.-rasm. Tokarlik dastgohida mahkamlash va ishlov berish sxemalari.
a) markazlarda o‘rnatilganda; b) uch mushtchali patronda o‘rnatilgan. Yo„nish va kengaytirish o„lcham aniqligiga va g„adir-budurligiga qo„yilgan talablarga asosan: qora; toza; yupqa bo„ladi. O„lcham aniqligi past yuzalarga qora ishlov beriladi. O„lcham aniqligi va g„adir-budurligi o„rtacha yuzalarga qora ishlov berib so„ngra toza ishlov beriladi. Yuqori aniqlikdagi yuzalarni hosil qilishda donali va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda qora hamda toza ishlov berishdan so„ng yupqa ishlov beriladi. Boshqa ishlab chiqarish turlarida bunday yuzalarga doiraviy-jilvirlash va ichki-jilvirlash dastgohlarda ishlov beriladi. Parmalash dastgohida ishlov berish texnologik usullari Yaxlit materialda ochiq va yopiq silindrik teshiklar hosil qilish uchun parmadan foydalaniladi. 15-20 mm li teshikning diametrini kattalashtirish uchun teshik parmalab kengaytiriladi. Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qo„zg„almas qilib o„rnatilgan bo„lsa, kesish jarayonini amalga oshirish uchun parma o„z o„qi atrofida aylanma harakatga keltiriladi va o„qi yo„nalishida suriladi. Oldindan parmalangan yoki quyish vaqtida, shtamplashda va boshqa usullar bilan hosil qilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish mumkin. Zenkerlash yo„li bilan to„g„ri geometrik shaklli va yuzasi juda toza teshiklar hosil qilinadi. Zenker o„z shakliga ko„ra parmaga o„xshaydi, ammo unda asosiy kesuvchi qirra ikkita emas, balki uchta yoki to„rtta bo„ladi. Teshikni aniq uzil-kesil o„lchamlarga keltirish uchun razvyortkadan foydalaniladi. Bunda, odatda, xomaki razvyortkalash uchun diametrga 0,15-0,5 mm, tozalab razvertkalash uchun esa diametrga 0,05-0,25 mm qo„yim qoldiriladi. Parmalash guruhi dastgohlarida mashina metchigi yordamida rez‟bani ochish, teshikni yo„nib-kengaytirish va teshikda ariqcha ochish mumkin. Parmalash guruhining universal dastgohlari tuzilishi bo„yicha vertikal- parmalash va radial-parmalash dastgohlarga bo„linadi. Vertikal-parmalash S S S dastgohlarining shpindel o„qi qo„zg„almas bo„lganligi sababli bir nechta teshikni parmalash uchun zagotovkani doimo siljitib turish kerak. Radial-parmalash dastgohlarining tezliklar va surilishlar qutisi shpindel bilan birgalikda ustun hamda traversa yordamida siljish imkoniyatiga ega bo„lganligi sababli, zagotovkani qo„zg„atmasdan ketma-ket bir nechta teshiklarga ishlov berish mumkin. Lekin radial-parmalash dastgohlarining tuzilishi murakkabligi sababli vertikal-parmalash dastgohiga nisbatdan narxi ancha baland. Download 297.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling