Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad
Yassi jilvirlash dastgohida ishlov berish texnologik usullari
Download 297.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Yassi jilvirlash dastgohida ishlov berish texnologik usullari.
Materiallarni abraziv asboblari bilan kesish jarayoni jilvirlash deb ataladi. Jilvirlash- mashina detallari va asboblari yuzalariga ishlov berish usullaridan biri bo„lib, ishlov berilgan yuzaning toza chiqishiga va o„lchamlarning juda aniq bo„lishiga imkon beradi. Ishlov beriladigan detallarda, ayniqsa, aniq o„lchamli va juda toza yuzalari hosil qilish uchun ishlov berishning pritirlash, dovodkalash, nafis dovodkalash deb ataladigan usullaridan, detallarning yuzalarini juda silliq va yaltiroq qilish uchun esa jilolash usulidan foydalaniladi. Jilvirlashning quyidagi turlaridan keng ko„lamda foydalaniladi: tashqi va ichki jilvirlash, markazsiz tashqi va ichki jilvirlash, jilvirlash toshining chetlari va toretslari bilan yassi jilvirlash, shakldor yuzalar jilvirlash, rezba jilvirlash, tish jilvirlash. Jilvirlashda kesuvchi asbob sifatida har xil shakldagi jilvirlash abraziv toshlari (doiralari), brusoklar (qayroq toshlar), segmentlar, jilvirlash qog„ozlari, abraziv poroshoklar va pastalar ishlatiladi. Jilvirlash asboblari abraziv materiallardan tayyorlanadi, abraziv material esa bir–biriga maxsus bog„lovchi modda bilan tsementlangan, nihoyatda qattiq donalardan iborat bo„ladi. Binobarin, jilvirlash asbobi bir-biridan biror oraliqda joylashgan juda ko„p abraziv material donalaridan iborat. Keskichning kesuvchi qirrasidan farqli o„laroq, jilvirlash asbobining kesuvchi qirrasi tutash (yaxlit) bo„lmay, balki uzluklidir. Yuzalari toza va o„lchamlari aniq detallar hosil qilish maqsadida zagotovkalarga tozalab ishlov berish va ularni pardozlash uchun jilvirlash dastgohlaridan keng ko„lamda foydalaniladi. Yassi jilvirlash dastgohlari gorizontal va vertikal joylashgan sh‟indelli, to„g„ri to„rtburchak va doira shaklidagi stolli bo„ladi. Bu dastgohlarda zagotovkalarning tekis yuzalari jilvirlash toshining cheti yoki toretsi bilan jilvirlanadi. Download 297.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling