Laboratoriya ishi №7 Mavzu: Metallarni kesish usulllari Ishdan maqsad


Yassi jilvirlash dastgohida ishlov berish texnologik usullari


Download 297.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi297.11 Kb.
#1544090
1   2   3   4   5   6
Yassi jilvirlash dastgohida ishlov berish texnologik usullari. 
Materiallarni abraziv asboblari bilan kesish jarayoni jilvirlash deb ataladi. 
Jilvirlash- mashina detallari va asboblari yuzalariga ishlov berish usullaridan biri 
bo„lib, ishlov berilgan yuzaning toza chiqishiga va o„lchamlarning juda aniq 
bo„lishiga imkon beradi. Ishlov beriladigan detallarda, ayniqsa, aniq o„lchamli va 
juda toza yuzalari hosil qilish uchun ishlov berishning pritirlash, dovodkalash, 
nafis dovodkalash deb ataladigan usullaridan, detallarning yuzalarini juda silliq va 
yaltiroq qilish uchun esa jilolash usulidan foydalaniladi. 
Jilvirlashning quyidagi turlaridan keng ko„lamda foydalaniladi: tashqi va 
ichki jilvirlash, markazsiz tashqi va ichki jilvirlash, jilvirlash toshining chetlari va 
toretslari bilan yassi jilvirlash, shakldor yuzalar jilvirlash, rezba jilvirlash, tish 
jilvirlash. 
Jilvirlashda kesuvchi asbob sifatida har xil shakldagi jilvirlash abraziv 
toshlari (doiralari), brusoklar (qayroq toshlar), segmentlar, jilvirlash qog„ozlari, 
abraziv poroshoklar va pastalar ishlatiladi. 
Jilvirlash asboblari abraziv materiallardan tayyorlanadi, abraziv material esa 
bir–biriga maxsus bog„lovchi modda bilan tsementlangan, nihoyatda qattiq 
donalardan iborat bo„ladi. Binobarin, jilvirlash asbobi bir-biridan biror oraliqda 
joylashgan juda ko„p abraziv material donalaridan iborat. Keskichning kesuvchi 
qirrasidan farqli o„laroq, jilvirlash asbobining kesuvchi qirrasi tutash (yaxlit) 
bo„lmay, balki uzluklidir. 


Yuzalari toza va o„lchamlari aniq detallar hosil qilish maqsadida 
zagotovkalarga tozalab ishlov berish va ularni pardozlash uchun jilvirlash 
dastgohlaridan keng ko„lamda foydalaniladi. 
Yassi jilvirlash dastgohlari gorizontal va vertikal joylashgan sh‟indelli, 
to„g„ri to„rtburchak va doira shaklidagi stolli bo„ladi. Bu dastgohlarda 
zagotovkalarning tekis yuzalari jilvirlash toshining cheti yoki toretsi bilan 
jilvirlanadi. 

Download 297.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling