Laboratoriya ishi №7 O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Ishning maqsadi
Download 38.31 Kb.
|
10-Laboratoriya ishi
Laboratoriya ishi №7 O’tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Ishning maqsadi: O’tkazgichlarni ketma–ket va parallel ulashni, elektr zanjirlarini tuzishni va hisoblashni o’rganish. Kerakli asbob va materiallar: ampermetr, voltmetr, tok manbai, qarshiliklar, reostat, kalit, ulovchi simlar. I. Qisqacha nazariy tushunchalar Elektr energiyasi tok manbaidan istemolchiga simlar orqali uzatiladi. Buning uchun murakkabligi turlicha bo’lgan zanjirlar tuziladi. Bunda iste’molchilar ko’pincha ketma-ket va parallel ulanadi. Qarshiligi R1va R2 bo’lgan ikki o’tkazgich ketma-ket ulangan bo’lsin(1-rasm). O’zgarmas tok o’tayotganida o’tkazgichlarda elektr zaryadlari to’planib qolmaydi va o’tkazgichning har qanday kesimi orqali ma’lum vaqt ichida ayni bir zaryad o’tadi. Shuning uchun ayrim qarshiliklardan o’tayotgan tokning kuchi bir xil. 1-rasm.
I1=I2=I3 (1) Zanjirning tekshirilayotgan AC qismi uchlaridagi kuchlanish zanjirning AB va BC qismlari uchlaridagi kuchlanishlardan tashkil topadi: U=U1+U2 (2) Zanjirning AC, AB, BC qismlariga Om qonunini qo’llaymiz: U = IR; U1=I1R1; U2=I2R2 (3) Bunda R-to’la qarshilik (3) ni (2)ga qo’yib, (1)ni hisobga olsak,
ni hosil qilamiz. Zanjirda n ta o’tkazgich ketma-ket ulangan bo’lsa, R=R1+R2+...+Rn (5) Qarshiliklari R1 va R2 o’tkazgichlar parallel bo’lsin (2-rasm ). Bu xolda I umumiy tok kuchi ikki qismga tarmoqlanadi. O’tkazgichlar tarmoqlangan A nuqtada elektr zaryadi to’planmagani uchun, tugunga vaqt birligi ichida keladigan zaryad o’sha vaqt ichida tugundan ketadigan zaryadga teng bo’lishi kerak: I=I1+I2 (6) bunda I1, I2-birinchi va ikkinchi qarshiliklardan o’tayotgan tokning kuchlari. 2-rasm.
Parallel ulangan o’tkazgichlarda kuchlanish bir xil bo’ladi: U=U1=U2 (7) Zanjirning AB,CD,EF qismlariga Om qonunini tatbiq etamiz: (8) (8)ni (6)ga quyib, (7)ni xisobga olsak, (9) ni hosil qilamiz. Zanjirda n ta o’tkazgich parallel ulangan bo’lsa. (10) Download 38.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling