Laboratoriya ishi №8. Mavzu: ma’lumotlar bazalari va banklari ishning maqsadi
Download 31.21 Kb. Pdf ko'rish
|
6 laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo‘yilishi.
- Microsoft Access
LABORATORIYA ISHI №8. MAVZU: MA’LUMOTLAR BAZALARI VA BANKLARI Ishning maqsadi. Talabalarga ma’lumotlar bazalari va banklari, Microsoft Access dasturida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimlar berish. Masalaning qo‘yilishi. Microsoft Access dasturida jadvallar, so‘rovlar, formalar, hisobotlar, makroslar bilan ishlashni o‘rganish. Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Microsoft Access dasturi ham relatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MBlar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi. Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi. Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma- ketligi bilan belgilanadi. Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi: Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling