Laboratoriya ishi №8. Mavzu: ma’lumotlar bazalari va banklari ishning maqsadi


Download 31.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi31.21 Kb.
#1403631
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 laboratoriya ishi



LABORATORIYA ISHI №8. 
MAVZU: MA’LUMOTLAR BAZALARI VA BANKLARI
Ishning maqsadi. Talabalarga ma’lumotlar bazalari va banklari, Microsoft Access 
dasturida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimlar berish. 
Masalaning qo‘yilishi. Microsoft Access dasturida jadvallar, so‘rovlar, formalar
hisobotlar, makroslar bilan ishlashni o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va 
tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va 
obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan 
oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga 
nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga 
majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb 
hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosi. 
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda 
foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat 
qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar 
qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Microsoft Access dasturi ham relatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil 
qilinadigan MBlar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar 
esa yozuv deb ataladi. 
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, 
bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi. 
Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. 
Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-
ketligi bilan belgilanadi. 
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan 
ifodalanadi: 

Download 31.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling