Laboratoriya ishi №8


Download 371.5 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1145370
1   2   3   4   5
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №8

Quyma qotishmalar. Quyma detallar tayyorlash uchun Al-Si, Al-Сu, Al-Mg qotishmalari qo‘llaniladi. Ular ko‘pincha boshqa elementllar bilan legirlanadi: (Al-Si) qotishmalar Сu, Mg, Mn, bilan, (Al-Mg) qotishmalar Si bilan, (Al-Сu) qotishmalar esa Mn, Sr, Ni bilan legirlanadi. Qotishmalarning kristall donalari mayda va mexanik xossalari yuqori bo‘lishi uchun ularning tarkibiga oz miqdorda modifikator (ichki tuzilishini o‘zgartiradigan) elementlari (Ti, Zn, B, V, Na) ham qo‘shiladi.
Alyuminiyning quyma qotishmalari Al harflari va qotishmaning nomerini bildiruvchi sonlar bilan belgilanadi, masalan Al2.
Siluminlar. Silumin deb alyuminiyning kremniy bilan (Si-14%) quyma qotishmalariga aytiladi. Siluminlar juda yaxshi oquvchanlik xossalariga ega, shuning uchun boshqa quyma qotishmalarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
Siluminlar ikki turga bo‘linadi: a) oddiy siluminlar; b) modifikatsiyalangan siluminlar.
Oddiy siluminlar. Oddiy silusinning strukturasi plastinkasimon birlamchi kremniy kristallaridan (kulrang rangda) va evtektik aralashma (α+Si) dan iborat. Bu aralashmada kremniy ninasimon plastinkalar shaklida (7-rasm) bo‘ladi. Bunday siluminning mexanik xossalari aytarli yaxshi emas: σv=140 MPa; δ=3%.
Modifikatsiyalangan silumin. Modifikatsiyalangan silumin deb suyultirilgan holatida tarkibiga 0,01-0,1% natriy qo‘shilgan qotishmaga aytiladi. Siluminni modifikatsiyalash natijasida kremniyning platinkalari maydalashadi va qotishmaning mexanik xossalari yaxshilanadi: σv=180 MPa; δ=8%.
Modifikatsiyalangan siluminning strukturasi kremniyning alyuminiydagi qattiq eritmasi bo‘lgan α - kristallaridan va mayda donali evtektik aralashma (α+Si) dan iborat (8-rasm) bo‘ladi.

7,8-rasm. Oddiy va modifikatsiyalangan silumin strukturasining sxemasi.


Bosim ostida ishlov beriladigan qotishmalar. Bu qotishmalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: a) bosim ostida ishlov beriladigan, termik ishlash natijasida mustahkamligi o‘zgarmaydigan qotishmalar; b) bosim ostida ishlov beriladigan, termik ishlanganda puxtalanadigan qotishmalar.
Duralyuminiy. Duralyuminiy Д harfi bilan va qotishmaning nomerini bildiradigan sonlar bilan belgilanadi. Masalan: Д16.
Yumshatilgan duralyuminiyning (Д16) strukturasi Cu, Mg, Mn larning alyuminiydagi qattiq eritmasi α - kristallaridan hamda β - faza (CuAl2) va S-faza (Al2CuMg) larning donachalaridan iborat (9-a rasm).
Duralyuminiyni toblash uchun qizdirilganda (485-903 0С) β va S-fazalar α- qattiq eritmada eriydi. Toblangan va tabiiy eskirtirilgan alyumiyning strukturasi o‘ta to‘yingan qattiq eritma α- kristallaridan va alyuminiyda eriydigan Fe va Si ning birikmalaridan iborat (9-b rasm) bo‘ladi.

9-rasm. Д16 qotishma strukturasining sxemalari:
a) yumshatilgan holatda; b) toblangan va tabiiy eskirgan holatda.



Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling