Laboratoriya ishi №8
Yengil eruvchi podshipnik qotishmalari (Babbitlar)
Download 371.5 Kb.
|
LABORATORIYA ISHI №8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini bajarish tartibi
Yengil eruvchi podshipnik qotishmalari (Babbitlar). Bu qotishmalarni o‘tgan asrning o‘rtalarida ularni kashf etgan ingliz injeneri I.Babbit nomi bilan ataladi va B harfi bilan belgilanadi. Babbitlar uch turga bo‘linadi:
- Qalay-surmali babbitlar (Sn-Sb-Su). Ularga Б83, Б88 qotishmalari kiradi. Sonlar qotishmadagi qalayning miqdorini bildiradi; - Qo‘rg‘oshin-qalay-surmali babbitlar (Pb-Sn-Sb-Сu). Ularga Б6, Б16, БН, БТ qotishmalari kiradi. Н va Т- legirlovchi elementlarning (Ni, Ba, Te) bosh harflarini bildiradi; - Qo‘rg‘oshinli babbitlar (Pb-Sa, Pb-Sb-С). Ularga БК va БС qotishmalari kiradi. Babbitlar juda yumshoq (НV13-35), mustahkamligi kam (σv=60-100 MPa), erish harorati past, (380-4100С) tez yumshaydigan (1000С ga qiziganda ularning qattiqligi HV10-20), lekin sirpanishga qarshiligi juda kam va po‘lat bilan ishqalanish koeffitsiyenti eng kam (0,005-0,009) bo‘lgan qotishmalar kiradi. Babbitlar juda tez aylanadigan, katta kuchlanish ta’sirida ishlaydigan mexanizmlarning ishlash jarayonida 1000С dan ortiq qizimaydigan sirpanish podshipniklar ichki qismini quyish uchun yoki shtampovka yo‘li bilan ikki, uch qatlamli (bimetall, trimetall) podshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Qalay-surmali babbitlar (Б83, Б88). Bu qotishmalar yemirilishga chidamliligi va po‘lat bilan ishqalanish koeffisiyenti kamligi jihatdan boshqa podshipnik qotishmalaridan ustun turadi. Б83 qotishmasining strukturasi surma va misning qalaydagi α- qattiq eritamasidan (qotishmaning asosi qora rangda) Sn, Sb birikmasi asosida tuzilgan. β-qattiq eritmasi yirik, kub shaklida kristallar (oq rangda) va Сu3Sn-kimyoviy birikmasining mayda yulduzcha yoki ninasimon kristallaridan iborat (10-rasm) bo‘ladi. 10-rasm. Qalayli Б83 babbit strukturasining sxemasi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Rangli metall va qotishmalardan tayyorlangan bir nechta namunalar olinadi (mis, α latun, α+β latun, qalayli quyma bronza, bosim ostida ishlov berilgan va yumshatilgan qalayli bronza, oddiy silumin, modifikatsiyalangan silumin, yumshatilgan duralyuminiy, babbit); Berilgan namunalar strukturalari mikroskop ostida kuzatiladi; Qotishmalardagi faza va boshqa birikmalar nomlarini aniqlanadi; Qotishmaning strukturasiga qarab (albomdagi, qo‘lingizdagi va qo‘llanmadagi rasmlar bilan solishtirib) ularning turlari aniqlanadi; So‘rovnomalardan va qo‘lingizdagi qo‘llanmalardan foydalanib qotishmalarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari hamda qo‘llanilish joylari topiladi; Olingan barcha ma’lumotlar 2-jadvalga kiritiladi. 2-jadval Rangli metall va qotishmalarning mikrotahlili
Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling