Prujinali bosimni o‘lchaydigan asboblar:
Mexanik prujinali monometrlarning ishlash prinsiplari turli xil egiluvchan elementlar nayli prujinalar silfonlar va h.k. larning deformasiyasiga asoslangan.
Nay prujinali manometrlar. Bosim va siyraklikni o‘lchashda amalda mexanik monometrlar ichida bir o‘ramali nay prujinali (Burdon prujinasi) monometr keng tarqalgan.
Bunda egiluvchan element bo‘lib buning uchun eleptik kesimli qavariq yoyi 1800 – 2700 ni tashkil etuvchi yassi nay xizmat qiladi. (9 – rasm).
9 – rasm. Nay prujinali manometr.
Nayning bir uchi tiqim bilan birlashtirilgan ikkinchi uchi xizmat qiluvchi o’lchanishi lozim bo‘lgan sirt bilan birlashtirilishi uchun xizmat qiluvchi qismi bo‘lgan pastaga ulangan. Naycha korpus 2 ichiga o‘rnatilgan. Ortiqcha bosimni naycha ichki qismiga yuborilganda uning yoy shakli to‘g‘rilanib boradi natijada ulangan qismi o‘z joyidan qo‘zg‘aladi. Naycha uchining qo‘zg‘alishi uzatish mexanizmlar yordamida moslamaga uzatiladi (strelkaga) u esa o‘z navbatida burilib kerakli bosimni ko‘rsatadi. Manometrik nayning burilishi uning ko‘ndalang kesimi shaklning o‘zgarishiga asoslanadi.
O‘rganilgan asboblar to‘g‘risida hisobot tayyorlash.
Ushbu hisobotda talabalar termometrlar, monometrlar, ularni turlari haqida qisqacha ma’lumotlarni tuzilish sxemalarni keltiradilar. Shuningdek ularni asosiy xossalari, kamchiliklari, o‘lchash diapozonlari hamda qo‘llanish sohalari haqida hisobotlar beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |