1 – LABORATORIYA ISHI
ISHCHI JISM PARAMETRLARINI ANIQLASH ASBOBLARI VA USLUBLARI
Ishdan maqsad
Ma’lumki, ishchi jism parametrlarini aniqlashda eng muhim parametrlar hisoblangan harorat va bosim o‘lchash asboblari va ularning uslublari, hamda ularning turlarini, tuzilishi, ishlash jarayonlarini o‘rganish muhim hisoblanib, shuning uchun bu ishdan maqsad ular bilan tanishishdan iborardir.
Nazariy ma’lumotlar
Harorat (temperatura) to‘g‘risida tushuncha va uni o‘lchash asboblarini ishlash jarayonlari. Harorat jismlarning qizitilganlik darajasini belgilaydi va u issiqlikni o‘z - o‘zidan uzatilish yo‘nalishlarini aniqlaydi. Haroratni son qiymatini aniqlash termometrlar yordamida amalga oshiriladi, qaysiki ularning qo‘llanilishi turli darajali isitilgan moddalar orasidagi issiqlik alamashinuvi hodisalariga va moddalarning qizigandagi fizik xususiyatining qiymatlariga asoslanadi.
Haroratning o‘lchov birligi C (gradus selsiy) deb ataladi. 1976-yildan boshlab haroratni ikki turdagi shkalasi: termodinamik va amaliy harorat shkalalariga amal qilinadi. Bu shkalalar haroratni 0,01 K dan 10000 K gacha o‘lchashni bir xilligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Haroratni o‘lchov birligi Kelvin (K) bo’lib K harfi Kelvin nomi o‘rniga ishlatiladi. Haroratni “gradus” selsiy (C) o‘lchov birligi qo‘llanilishiga ham ruxsat etilgan. Kelvinda ifodalangan harorat T bilan gradus selsiyda ifodalangan harorat C o‘rtasida quyidagi bog‘liqliklar o‘rnatilgan.
T K = t oC + 273,15
Haroratni o‘lchash uslublari haroratni o‘lchash uchun o‘lchovchi moddalarning qaysi fizik xususiyatlari haroratni aniqlash uchun foydalanilishiga qarab tasniflanadi. Barcha uslublar ikki asosiy guruhga bo‘linadi, ularning har biri o‘z navbatida bo‘linmalarga ega.
I – guruh. Bevosita uslublar (bevosita tegib turuvchi uslublar).
- o‘lchovchi modda o‘lchanayotgan tizim (muhit yoki jism) bilan bevosita aloqadorlikka olib kelinadi va ular ham quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |