Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari


Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyas


Download 52.15 Kb.
bet18/18
Sana27.01.2023
Hajmi52.15 Kb.
#1130581
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yakuniy

3. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi: B1 Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organik birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, ularni olish va xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi; kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi; kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi. B1+ tajribalarni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi; amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarni bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi; organik birikmalardagi kimyoviy bog‘lanishning elektron nazariyasi, alkanlarda almashinish reaksiyasining radikal mexanizmi, galogenlash reaksiyasining energetik balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadienlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi; kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.
KIMYO FANIDAN O‘QUV DASTUR (10-11-sinflar uchun) UQTIRISH XATI Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasi 10-11-sinf o‘quvchilarini qamrab olib, o‘rta ta’limi muassasalari bitiruvchilarining kimyo fani izchil kurs sifatida o‘rganishning tayanch darajasida, ya’ni 7,8,9 sinflarida o‘qitilib, unda o‘rganilgan kimyoning asosiy mazmuni nazariy ilmiy bilimlarga tayangan holda davom ettiradilar. Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlariga va hayotiy tajribalariga tayangan holda kimyo o‘quv fanining organik, anorganik va umumiy kimyo bo‘limlaridagi eng muhim kimyoviy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalarning sodda ifodasi hamda kimyoviy tushunchalar asosida kundalik faoliyatdagi muammolarni hal eta olish bilan tanishtirish; o‘quvchilarda tayanch va kimyo o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; tabiatda sodir bo‘ladigan organik va anorganik birikmalardagi kimyoviy o‘zgarishlarning ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo‘lishini, kimyoviy elementlar, moddalarning xossalari, tuzilishi, tarkibi, anorganik va organik moddalardan kundalik turmushda foydalana olish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Kimyo fanini o‘rganishning umumiy darajasini o‘qitishning asosiy vazifalari: ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fantexnika taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish; tabiatdagi kimyoviy jarayonlar, hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, organik birikmalarning xossalari, olinish usullari, ularga oid masalalarni yechish, tajribalar o‘tkazish, eng muhim organik moddalarning ahamiyati, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlar haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish. O‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi. Kommunikativ kompetensiya: B1 Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish. B1+ o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqati. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1 mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish. Xavfsizlik choralari haqida bilish. B1+ mediamanbalardan olingan ma’lumotlarni saralash va ulardan samarali foydalana olish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: B1 kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘zini o‘z rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish. B1+ bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: B1 jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea, jarayonlarga daxldorlikni his etib, kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan tabiat boyliklarini muhofaza qilish ishlarida faol ishtirok qilish. B1+ tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni, mahsulotlardan tejab foydalanishni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: B1 organik kimyo fanining rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish. B1+ vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rganish, orasta kiyinish madaniyatiga ega bo‘lish, badiiy va san’at asarlari hisoblangan me’moriy obidalarni qayta tiklashda kimyoviy birikmalarning ahamiyatini bilish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: B1 o‘rganilgan bilimlar asosida hisoblashlarni bilish va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish. B1+ Mavzular asosida o‘rganilgan bilimlar orqali kundalik turmushda foydalaniladigan jarayonlardagi hisoblashlarni, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish. Mazkur o‘quv dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun mavzularga ajratilgan soatlar alohida ko‘rsatilgan. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.


Download 52.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling