Laboratoriya ishi Kimyoni chuqur o’qitishda qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish yo’llari


Download 52.15 Kb.
bet14/18
Sana27.01.2023
Hajmi52.15 Kb.
#1130581
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yakuniy

1- yo‘nalish “Fan oyligi”ning ochilishi Umumta’lim maktablarida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligini o‘tkazish yuzasidan chora — tadbirlar rejasini ishlab chiqish. — Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarilishi, ularda shu fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir. — DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilarning mazkur fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringi aniqlanadi. — Maktablarda o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 2- yo‘nalish “Ochiq darslar”ni tashkil etish — “Ochiq darslar”ni tashkil etishda o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish yuzasidan dars jadvalini belgilash; — Kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda axborot kommunikatsion hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, mashg‘ulotlarni tashkil etish; — kimyo, biologiya, fizika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va vertual laboratoriya qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish eta bilish; — ilg‘or pedagogik texnologiyalar singdirilgan dars ishlanmalari tayyorlash va metodik birlashmalarda muhokama qilinib,ulardan eng yaxshi dars ishlanmalarini “Zeyonet” axborot portaliga joylashtirish; — maktab rahbariyati tomonidan ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda fan oyligi doirasida maqolalarni ommaviy axborot vositalari orqali chop ettirishga erishish. 3- yo‘nalish “Sinfdan tashqari ishlar”ni tashkil etish — Fan oyligi davomida biologiya fani bo‘yicha “Qushlar bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, “Gullar bayrami”, kimyo fani bo‘yicha “Kimyoviy elementlar so‘zlaydi”, “Xalq xo‘jaligida kimyo”, “Qiziqarli kimyo”, fizika fani bo‘yicha “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho‘qqisi”, “ Fizikada olam mujassam” kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlarini, tematik albomlar tanlovlarini o‘tkazishda xorijiy (ingliz, fransuz, nemis) tillardan foydalanilgan holda tayyorlash va o‘tkazishga erishish; — Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi universitet, institut fakultetlarining professorlari, olimlar, darslik mualliflari, ustoz–shogird yo‘nalishidagi “Ustoz” o‘qituvchilar bilan mazkur fanlarga qiziquvchi o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish; — Maktabda o‘quvchilarning o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida fan to‘garaklarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘tkazish; — O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar o‘tkazish; — Fan oyligi davomida kimyo, biologiya, fizika fan yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlariga, kasb-hunar kollejlariga, akademik litseylarga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish; — Resurs markazlarida ochiq darslar, fanlarga oid kitob ko‘rgazmalari tashkil etish; — Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘qituvchilarga metodik yordam berish uchun tumanlarda tashkil etilgan tayanch maktablar qoshida seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Fan oyligini yakunlash Kimyo, biologiya, fizika fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyati o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi: — DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini targ‘ib etish; — Festivalda o‘qituvchi va o‘quvchilar iqtidori, qobiliyatini hamda mahoratini ko‘rsatish; — Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarni taqdirlash. Fan oyliklar tom ma’noda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha jamiyatga, fan sohasiga berayotgan foydasini ko‘rsata olish, har bir yo‘nalishdagi o‘qituvchilar ommasini jipslashtirish, fanlararo bog‘liklikni ta’minlash hamda ta’lim mazmunining yuqori samaradorligini oshirishdek ulkan vazifani ado etishga undaydi. Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar to‘planib, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi.

Download 52.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling