Laboratoriya ishi kremnezemni modifikatsiyalarga o‘tish darajasini aniqlash


Moddaning zichligini quyidagi usullarda aniqlash mumkin


Download 65.98 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi65.98 Kb.
#1754480
1   2
Bog'liq
5-8 LABORATORIYA ISHI

Moddaning zichligini quyidagi usullarda aniqlash mumkin:


  • Gidrostatik tortish usulida, Arximed qonuni;

  • Piknometr usuli, kukunsimon moddalar uchun;

  • Tekshirilayotgan moddaning zichligiga mos zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikni tanlash yordamida.

Piknometr usulida zichlik 0.01 kg/m3 aniqlikgacha topilishi mumkin. Kvars qumining tridimitga o‘tish tezligini aniqlash uchun uni 12000 temperaturada 1 soat davomida qizdiriladi va uning avvalgi va keyingi zichligi topiladi.
Ish quyidagicha olib boriladi:

  1. Kvars qumi kukun xoligacha maydalaniladi. Avval 10 g. miqdoridagi kvars qumi metall xavonchada ezilib, agat xavonchada barmoqlar orasiga olib ishqalanganda g‘adir-budirlik sezilmay qolgungacha tuyiladi.

  2. Kukun 2 ga bo‘linadi. Birinchi qismning zichligi topiladi, bunda ikkita namuna olinib, ular bilan parallel xolda ish olib boriladi.

  3. Kukunning ikkinchi qismi shamotli tigelchaga solinib, laboratoriya pechida 12000S da bir soat davomida kuydiriladi.

  4. Kuyib chiqqan namuna sovugach, uni maydalab, keyin piknometr yordamida uning zichligi topiladi.

  5. Kremnezemning modifikatsiyaga o‘tish darajasi quyidagi formula orqali topiladi:


bu yerda :
x- kvarsning tridimitlanish darajasi,%
d1-materiallning kuyishdan avvalgi zichligi, kg/m3
d2-materiallning kuygandan keyingi zichligi, kg/m3
d3-tridimitning zichligi, uni 2310 kg/m3 deb olinadi.
Riknometr deb, tor bo‘yinli shisha kolbaga aytilib, uning bo‘yniga belgi qo‘yilib va og‘zi shisha qopqoq bilan yopib quyiladi.
Piknometr yordamida zichlikni aniqlash uchun quruq va toza piknometrlar qopqog‘i bilan analitik tarozda 0,0001 g. aniqlikgacha tortiladi /birinchi tortish/ keyin, xar bir piknometr kukun bilan birgalikda tortiladi /ikkinchi tortish/. Birinchi va ikkinchi tortish orasidagi farq kremniy oksidi kukunining og‘irligini bildiradi. Ikkinchi tortishdan so‘ng kukun solingan piknometrga bo‘yindagi belgidan biroz past satxgacha distillangan suv solinadi. Keyin kukundan xavoni chiqarib yuborish maqsadida to‘lgan piknometr suv xammomida 0,5 soat davomida qaynatiladi.Keyin u sovutiladi va unga suv solinib, qopqog‘i yopilgan piknometrni bo‘ynigacha suvli termostatga solib temperaturani barobar qilish maqsadida 20-40 minut ushlanadi, so‘ngra piknometr quruq xolgacha artilib, suvni uning belgisigacha tenglashtiriladi va tortiladi /uchinchi tortish/. Shundan so‘ng piknometrdan kukun va suvni to‘kib tashlab, yaxshilab yuviladi va belgisigacha distillangan suv solinib, yana termostatda ushlanadi, keyin suvni belgigacha tenglashtirilib, tortiladi /to‘rtinchi tortish/.

bu yerda,
d-zichlik kg/m3;
P1-quruq piknometrning, ya’ni bo‘sh piknometrning og‘irligi /birinchi tortish/, kg.
P2-kukun bilan birga og‘irligi /ikkinchi tortish/, kg.
P3-kukun bilan suv solingan piknometrning og‘irligi /uchinchi tortish/, kg.
P4-suv solingan piknometrning og‘irligi /to‘rtinchi tortish/ kg.
Bunda ikkita parallel tajriba orqali topilgan natija bir-biridan 5 kg/m3 kattalikda farq qilmasligi lozim.
Shuni aytib o‘tish kerakki piknometr yordamida zichlikni o‘lchash juda nozik ishdir. To‘g‘ri natijalarni olish uchun tortish, piknometrning bo‘ynidagi belgigacha to‘ldiriladigan suv satxi meniskini aniq tarzda belgilash, suvli termostatdan so‘ng piknometrni quruq xolgacha artish va unda filtr qog‘ozi va sochiq tolalarining qolib ketmasligiga aloxida e’tibor berish kerak. Suv meniskini aniq bilish uchun odatda piknometrga biroz ko‘p miqdorda suv solish va keyin uni siqib o‘ralgan filtr qog‘oz yordamida olib tashlash tavsiya etiladi. Piknometrni toza va quruq xoldagi qo‘l bilan faqat bo‘ynidan ushlash lozim. Tortish paytidagi yoki suv satxini to‘g‘rilash jarayonidagi kichkinagina noaniqliklar natijalarning noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ish bo‘yicha xisobotni topshirish tartibi

Tajriba asosida olingan ma’lumotlar quyidagi 3-jadvalga kiritiladi va ular asosida kremnezemning modifikatsiyalarga o‘tish darajasi aniqlanadi. Talaba laboratoriya ishini bajarish mobaynida nazariy qism xamda tajribani bajarish aniqligi bo‘yicha ma’lum ballarni qo‘lga kiritadi.
Jadval 3

Namu-naning raqami

Bo‘sh pik-nometr og‘irligi, P1,kg

Piknometrning kukun bilan og‘irligi, P2,kg

Piknometrning suv va kukun bilan og‘irligi,
P3,kg

Piknome-trning suv bilan og‘irligi,P4,kg

Zich-lik, kg/m3

Kvarsning tridimitlanish darajasi, d, %
























Ishlatiladigan asbob va uskunalar
Kvars qumi, metall xavoncha , agat xavoncha , quritgich shkafi , piknometr,suv xammomi , yuqori aniqlikdagi tarozi, 12000 С ni ta’minlaydigan elektr mufel pechi ,distillangan suv.
Download 65.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling