Laboratoriya ishi. Mavzu: CorelDraw dasturi. Reja: CorelDraw dasturi haqida
Download 1,33 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Laboratoriya ishi.grafika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Диспетчер видов (View Manager)
- Сетка (Grid)
- Растровые изображения menyusi
- Tasvir(rasm) qo‘yish va uning o‘lchamlarini o‘zgartirish
Просмотреть
только выбранное (Preview Selected Only) To’liq ekranda faqat belgilangan ob‘yektlarni ko’rish imkoniyatini beradi. Вид порядка страниц (Page Sorter View) Ko’p sahifali hujjatlar bilan ishlashda foydali rejim hisoblanadi. Bu rejim hujjatning barcha sahifalarini bitta ekranda ko’rsatadi. Sahifalardagi ob‘yektlarni o’zgartirib bo’lmaydi. Диспетчер видов (View Manager) Ekranga ko’rish mashtabini o’zgartirish imkoniyatini beruvchi asboblarga ega qo’shimcha oynani ochadi. Линейки (Rulers) Hujjat oynasining yuqori va chap tomonida o’lchov chizg’ichlarni joylashtiradi. Bu chizg’ichlar ob‘yektlarning koordinatalari va o’lchamlarini, shuningdek sichqoncha ko’rsatkichining joriy koordinatalarini visual tarzda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Odatda koordinataning boshi hujjatning chap pastki burchagi hisoblanadi. Сетка (Grid) Ekranga o’zaro kesishadigan vertical va gorizontal chiziqlarni ochadi va dasturning asosiy ish sohasi katakchalar ko’rinishidagi sohaga aylanadi. O’ta aniqliq talab qilinadigan vaziyatlarda qo’llaniladi. Растровые изображения menyusi Odatda rastrli ob‘yektlarni tahrirlashda rastrli grafika muharrirlaridan foydalanish va undan so’ng ularni CorelDRAWda qo’llash tavsiya etiladi. Shuning uchun dasturga joylashtirilgan rastrli tasvirni Растровые изображения►Редактировать раст-ровое из buyrug’i yordamida Corel PHOTO-PAINT X4 rastrli grafika muharririda ochib tahrirlash mumkin. CorelDRAW dasturining o’zida ham rastrli ob‘yektlar bilan ishlash uchun etarlicha jihozlar mavjud bo’lib, ular bilan qisqacha tanishib o’tamiz. Tasvir(rasm) qo‘yish va uning o‘lchamlarini o‘zgartirish Yuqorida aytib o’tilgandek hujjatga rastrli tasvirlarni Файл►Импорт(File►Import) buyrug’i bilan joylashtirish mumkin. Tasvirni hujjatga joylashtirish shartlarini Импорт (Import) muloqot oynasida tanlash mumkin. Jumladan bu oynadagi Импорт► Обрезать и загрузить rejimida tasvirning faqat biror qismini joylashtirish imkoni bo’lsa, Изменить размер и загрузить rejimida esa uning o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Ehtiyoj bo’lganda tasvir hujjatga joylashtirilgandan keyin ham uni qirqish (kesish) va o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Tasvirni qirqish (kesish) uchun Обрезка изображения (Crop) buyrug’idan, o’lchamlarini o’zgartirish uchun Изменить (Shape) buyrug’idan foydalanish mumkin. Растровые изображения►Выпрямить изображение buyrug’i yordamida skanerlangan yoki o’lchamlari o’zgargan tasvirlarni gorizontal va vertical bo’yicha to’g’irlash imkoniyatini beradi. Download 1,33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling