Laboratoriya ishi. Mavzu: CorelDraw dasturi. Reja: CorelDraw dasturi haqida
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Laboratoriya ishi.grafika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Отменить преобразования (Clear Transformations)
- Эффекты (Effects) menyusi
Упорядочить (Arrange) menyusi
Преобразования (Transformations) Menyuning bu bo’limidagi buyruqlar yordamida Преобразования (Transfor-mations) qo’shimcha oynasining bo’limlarini ochish mumkin. Положение (Position) buyrug’i yordamida ochiladigan oynada ob‘yektlarni siljitish mumkin. Г.: va В.: maydonlariga ob‘yektning yangi koordinatalarini kiritib uni siljitish mumkin. Agar Относительное (Relative) bayroqchasi belgilanmagan bo’lsa, kiritilgan koordinatalar nisbiy hisoblanadi, ya‘ni koordinatalar boshi hujjat koordinatalari boshidan hisoblanadi. Aks holda Г.: va В.: maydonlariga ob‘yektning dastlabki holatiga nisbatan koordinatalar kiritiladi. 3.5-rasm. Упорядочить(Arrange) menyusi Отменить преобразования (Clear Transformations) Belgilangan ob‘yektga nisbatan siljitish amallaridan tashqari bajarilgan barcha o’zgarishlarning bekor qilinishiga olib keladi. Выровнять и распределить (Align and Distribute) Bu bo’limda ob‘yektlarni hujjat sahifasida ma‘lum bir tomonga tekislash imkoniyatini beruvchi buyruqlar joylashgan. Эффекты (Effects) menyusi Dinamik grafik effektlar – CorelDRAW dasturining eng muvvofaqiyatli imkoniyatlaridan biridir. Bu effektlar tahrirlash oson bo’ladigan, murakkab ob‘yektlar guruhlarini tezda yaratish imkoniyatini beradi. Bu menyuda turli effektlardan tashqari, ranglarni sozlash imkoniyatini beruvchi buyruqlar ham joylashgan. Asboblar paneli bilan ishlash. Asboblar paneli — CorelDRAW dasturi interfeysining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Hujjat oynasida ixtiyoriy amal asboblar panelidagi biror asbob yordamida bajariladi. Bunda tanlangan asbob va belgilangan ob‘yektga bog’liq ravishda dastur xususiyatlar panellari ham o’zgarib turadi. CorelDRAW barcha asboblar asboblar panelida (4.1-rasm) jamlangan. Rasmda ko’rsatilganidek asboblar bajaradigan vazifasi turiga qarab guruhlarga ajratilib joylashtirilgan. Guruhning barcha asboblarini ko’rish va ulardan birortasini tanlash uchun asboblar panelining kerakli joyiga sichqoncha chap tugmasi bosiladi va bir oz kutib turiladi. Bu guruhlarni alohida panel sifatida ham asboblar panelidan sichqoncha bilan tortib oynadagi bo’sh joyga ajratib olish mumkin. Quyida ayrim asboblarni ko’rib chiqamiz. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling