Laboratoriya ishi. Mavzu. Dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari
Download 96.45 Kb.
|
laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uskunaviy dasturlar
- Unix
Amaliy dasturiy ta’minot EHM larda ixtiyoriy ixtisoslik va mutaxassislik masalalarini tez va qulay bajarish hamda foydalanuvchilarning qo’l mehnatlarini engillashtirish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlar kiradi. Bunday dasturlarga Microsoft Offise dasturlarini, grafik muharirlarni, loyihalash tizimlari dasturlarini va moliya sohasiga oid dasturiy majmualarni keltirishimiz mumkin. Amaliy dasturlarning yana bir etakchi qismilaridan biri bu xizmatchi dasturlardir: WIN.Rar, WIN.Zip, Antivirus dasturlari va boshqalar.
Uskunaviy dasturlar kompyuterlarga qo’shimcha ravishda ulanadigan qurilmalarni o’rnatish uchun mo’ljallangan draywerlar. 2). Microsoft Windows, Apple Macintosh, Unix va Linux operasion tizimlarining umumiy tavsiflari va vazifalari. Yuqorida nomlari qayd etilgan operatsion tizimlar asosan katta EHMlar va shaxsiy kompyuterlarga mo’ljallangadir. Microsoft Windows operatsion tizimi Respublikamizda eng ommalashgan operatsion tizimlardan biridir. Bugungi kunda uning Windows 6, 7, 8, …, 10 va undan yuqori versiyalari keng qo’llanilib kelinmoqda. Microsoft firmasi operasion tizim hamda grafik qobiq dasturlarini alohida ishlab chiqish va qo’llash an’anasidan voz kechib, foydalanuvchining yagona grafik interfeysiga ega bo’lgan Windows-95 operasion tizimni ishlab chiqdi. Microsoft Windows 95/98/200/2003 operasion tizimlari – bu yuqori tezlikdagi, ko’p vazifali hamda ko’p masalali 32-razryadli grafik interfeysga ega bo’lgan murakkab dasturiy kompleksdir. Windows boshqa operasion tizimlardan farqli o’larok quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega [11]: foydalanuvchi va muhit orasidagi muloqotni o’rnatuvchi qulay va oddiy bo’gan vositalarning mavjudligi. Bunday vositalar foydalanuvchi interfeysi deb ataladi (interfeys tarkibiga oynalar, menyular, fayllarning «yorliq» lari, ilovalar va h.k. kiradi); ko’p vazifalik prinsipining joriy etilganligi, ya’ni ShEHM ning bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlar bilan ishlay olish imkoniyatining ta’minlanganligi (Masalan, CD-ROM lazerli diskda yozilgan musiqani eshitgan holda matn muharririda ishlash); turli amaliy dasturlarda (matn muharriri, elektron jadval, grafik muhariri va h.k.) tayyorlangan ma’lumotlarni bir dasturdan boshqasiga o’tkazish orqali murakkab masalalarni yechish imkoniyatlarining mavjudligi (masalan, grafik muharrirda tayyorlangan rasmni matn muharririda tayyorlanayotgan matnga o’tkazish orqali murakkab hujjatlarni tayyorlash); yangi tashqi qurilmalar (printer, strimer, trekbol, plotter, skaner va h.k.) kompyuterga ulash uchun dasturiy tizimlarning mavjudligi va bu tizimning tashki qurilmalar bilan effektiv ishlay olish qobiliyati; Windows ilovalarida multimedia prinsiplarini effektiv realizasiya qilish imkoniyatlari va h.k. Appie kompaniyasining Macintosh operatsion tizimi 1997-2000 yillarda soliq tizimida qo’llanilgan edi. Linux - ochiq kodli bepul operatsion tizimdir. Unix - bu tijorat asosida ishlovchi yopiq kodli tizimdir. Unix tizimlari superkompyuterlarda ham qoʻllanilmoqda, xususan, Linux TOP500 superkompyuterlarida 100 foiz Unix tizimida ishlamoqda. Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi. Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan Download 96.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling