Analizga tayyorlash va uni bajarilishi
Quyuq surkov moylarini analizga olish uchun idishdagi surkov moyini ustki qatlamini olib tashlaymiz. Keyin bir necha еrdan (uchdan ortiq) barobar miqdorda namunachalar olamiz. Olingan namunachalarni chinni kosachaga solib yaxshilab aralashtiramiz.
Suyuq neft mahsulotlaridan namuna olishdan ilgari ularni yaxshilab aralashtiriladi.
Surkov moylaridan olingan namunani konus shaklidagi kolbaga 0,1g aniqligida 8-10g; quyuq moylardan esa shu aniqlikda 5-8g tortib olamiz.
Ikkinchi konus shaklidagi kolbaga etil spirtini 85%-li suvli aralashmasidan 50 sm3 o‘lchab olamiz. Kolbani og‘ziga vertikal ravishda sovutgich quyib kolbani ichidagi suyuqlikni 5 min davomida qaynatamiz. Qaynatilgan spirtga 4-5 tomchi sariq nitrozin indikatoridan tomizib, issiq holida chayqatib turib KON ning 0,05 N.-li spirtagi eritmasi bilan suyuqlikni rangi sarig‘dan yashil tusga o‘tgunicha titrlaymiz. Bunda spirt neytrallanadi.
Suyuq neft mahsulotlarini analiz qilayotganimizda neytrallangan spirtli kolbaga neft mahsulotidan 50 sm3 quyamiz. Surkov moylari va quyuq moylarni analiz qilayotganimizda namuna tortib olingan kolbaga neytrallangan spirtni issiq holida quyamiz.
Kolbani og‘ziga vertikal ravishda sovutgich o‘rnatib, suyuq neft mahsulotlari va surkov moylarini analiz qilayotganda kolbadagi aralashmani 5 min. davomida qaynatamiz, kolbani chayqatib turamiz; quyuq moylarni analiz qilinayotganda, moyni namunasi to‘la erigandan so‘ng yana 5 min. davomida qaynatiladi.
Qaynatib bo‘lgandan so‘ng aralashmaga 4-5 tomchi sariq nitrozin indikatoridan tomizib, issiq holida KON-ning spirtdagi 0,05N.-li eritmasi bilan aralashmaning rangi sariqdan yashil tusni olguncha titrlaymiz. Kolbani doim chayqatib turamiz.
Agarda indikatorni tomizgan vaqtimizda kolbadagi suyuqlikda ko‘k yoki ko‘k-yashil rang bo‘lsa, u vaqtda KON eritmasi bilan titrlamasdan, neft mahsulotida organik kislotalar yo‘q ekan deb yozib qo‘yamiz.
Olingan natijalarni hisoblash
Tekshirilayotgan neft mahsulotini kislotaligi, ya’ni mahsulotning 100 sm3 miqdorini neytrallash uchun sarflangan KON ning milligramm miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |