Laboratoriya ishi shim asos konstruksiyasini qurish, uni qomatga moslash. Nuqsonlarni aniqlash
Download 231.5 Kb.
|
4 lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llanma va anjomlar
4-LABORATORIYA ISHI SHIM ASOS KONSTRUKSIYASINI QURISH, UNI QOMATGA MOSLASH. NUQSONLARNI ANIQLASH. Ishdan maqsad: hisob usuli yordamida shim asos konstruksiyaini o’rganish Ish mazmuni: 1. Shim asos konstruksiyasini qurish usullarini o’rganish. 2. Shim asos konstruksiyasini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash: a) o’lcham ko’rsatkichlari, b) konstruktiv qo’shimchalar. 3. Shim asos konstruktsiyasini xisoblash va qurish. 4. Shim andozasini tayyorlash va bichish. 5. Shim nuqsonlarini aniqlash, bartaraf etish. 6.Shimni tikish va texnologik xujjatlarini rasmiylashtirish. Qo’llanma va anjomlar: Chizmachilik anjomlari, millimetrli qog’oz, qalam. Ishni bajarish tartibi: Shim asos konstruktsiyasini qurish usullarini o’rganib, ularning xususiyatlari dastlabki ma'lumotlar, xisoblash metodikasi va chizmani qurishning grafik vositalari aniqlanib olingan. Yubka konstruktsiyasini qurish uchun talaba nazariy darslar asosida eng zamonaviy va qulay usulni tanlaydi. Konstruktsiya qurish uchun tanlangan metodika bo’yicha hisob formulalari tizimi yozib olinadi. Tavsiya etilgan adabiyotdan konstruktiv qushimchalar qiymatini tanlash uchun Yana bir bor model eskizini taxlil kilish zarur. Konstruktsiya qurishda talaba qiynalmasligi va konstruktsiya chizmasini qurishni tayyor xisoblardan foydalanish mumkin. Shim asos konstruktsiyasini hisoblash uchun dastlabki ma'lumotlar tanlangan konstruksiyalash usuli bo’yicha aniqlab olinadi. a) Davlat standartlari (GOST) yoki tarmoq standartlaridan foydalanib, to’g’ri yubka konstruktsiyasini qurish uchun tipoviy qomatning o’lcham ko’rsatkichlari aniqlanadi. Natijalar jadvalga yoziladi. Quyida keltirilgan konstruksiyalar ingliz olimi Uinifred Aldrich usuli bo’yicha qurilgan. Bu usul Buyuk Britaniyada keng qo’llanilgan bo’lib, hozirda dunyo bo’ylab tarqalmoqda. Buyuk Britaniyada 20 ta o’lcham ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu usul EMKO SEV usuliga o’xshash bo’lib, konstruktiv nuqtalar raqamlar bilan belgilanadi. Ingliz usulida barcha assortimentlar bo’yicha konstruksiyalar keltirilgan.
Bel chizig’i bo’yichа 1 sm qo’shimchа berilаdi. Bel vitаchkаlаri qiymаti quyidаgichа hisoblаnаdi: Рвт=(Сб+3,0sm)-(Ст+1,5sm) Bundа Сб- bo’ksа аylаnаsi yarmi, Ст-bel аylаnаsi yarmi. Download 231.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling